Jin-fiz
Jin Fiz (inglizcha: Gin Fizz) — jin, limon sharbati, shakar siropi va gazlangan suv asosli alkogolli kokteyl. Xalqaro barmenlar uyushmasining (IBA) „Unutilmaslar“ toifasidagi (inglizcha: Unforgettables) rasmiy kokteyllaridan biri. „Long drink“ toifasiga kiradi.
Tarkibi
Xalqaro barmenlar assotsiatsiyasining rasmiy retsepti boʻyicha kokteyl tayyorlash uchun 45 ml jin, 10 ml shakar siropi, 30 ml yangi siqilgan limon sharbati va 80 ml gazlangan suv kerak boʻladi. Jin, sirop va sharbat sheykerda muz bilan aralashtiriladi, stakanga quyiladi va gazlangan suv bilan toʻldiriladi. Garnir sifatida bir tilim limon ishlatiladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org