Jin Jingdao




Jin Jingdao (talaffuzi: Szin Szindao) (1992-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — koreys millatiga mansub xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Jin Jingdao futbolchilik faoliyatini 2010-yilda „Yanbian“ klubida boshlagan. U klubdagi debyutini 2010-yilning 17-aprelida Guangdong Sunray Cavega qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. U klubdagi birinchi golini 2010-yil 15-may kuni Pudong Zobonga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan. Jin 2012-yil yanvar oyida Xitoyning birinchi ligasi vakili Shenyan Shenbeyga 2,3 million Yen evaziga transfer qilingan.

2013-yilning 27-fevralida Jin Xitoy Superligasi vakili Shandong Lunenga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2013-yilning 16-martida Changchun Yataiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U „Shandun“ safida debyut mavsumida 18 ta oʻyinda maydonga tushgan va Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritgan. 2016-yil 8-sentyabr kuni Jin „Seul“ga qarshi 2016-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi oʻyinida taʼqiqlangan „Clenbuterol“ moddasi aniqlangani uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan vaqtinchalik 60 kunga diskvalifikatsiya qilingan. Oradan biroz vaqt oʻtib 2016-yil 4-noyabrda unga sakkiz oylik futboldan diskvalifikatsiya qarori qabul qilingan, bu muddat 2016-yilning 8-dekabriga qadar uch oyga qisqartirilgan. 2017-yil 9-iyul kuni Jin Xitoy Superligasidagi ilk golini „Tianjin Teda“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritgan.

Xalqaro faoliyati



Jin 2009-yilning iyun oyida Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va oʻsha paytdagi murabbiy Su Maozendan sardorlik bogʻichini qabul qilib olgan. U 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham bir nechata oʻyin oʻtkazgan. U 2011-yilning 26-martida Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda (2:2) Xitoy terma jamoasida debyut qilgan. 2021-yil 30-may kuni Jin 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Guamga qarshi oʻyinda (7:0) oʻzining ilk xalqaro golini kiritgan.

Faoliyat statistikasi



Klub statistikasi




Xalqaro statistika




Yutuqlar



Klub



Shandong Luneng

Shaxsiy yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz