Jimyurarlar




Jimyurar  — bu tanasi boʻlimlarga boʻlingan, sakkizta oyoqli, suvda yashovchi mikroskopik jonzot. Baʼzida "mitti suv ayigʻi" deb ham nomlanadi. Birinchi marta germaniyalik zoolog Iogan Avgust Efraim Gyotse tomonidan 1773-yilda oʻrganilgan va uni mitti suv ayigʻi deb atagan. 1771-yilda esa italiyalik biolog Lazzaro Spallanzani unga t ardigrada yaʼni „sekin qadamlar“ nomini bergan.[1] [2] [3]

Jimyurarlar hamma yerdan topilgan, dengizning tubidan to toʻglarning choʻqqisigacha, tropik oʻrmonlardan tortib, Antarktidagacha. Jimyurarlar jonzotlar orasidagi eng chidamli turlarga kiradi. Ular boshqa oʻrganizmlar yashay olmaydigan, ekstremal haroratlarda, ekstremal bosimda, kuchli radiatsiyada, qurgʻoqchilik va ozuqa yetishmasligida, hatto ochiq koinotda ham yashab qola oladilar.

Voyaga yetgan jimyurarlar odatda 0,5 mm uzunlikda boʻladi. Koʻrinishi hashoratlar qurtini eslatib, tirnoqlar yoki soʻrgʻichlarga ega 4 juft oyoqlari bor. Moxlar yoki lishayniklar jimyurarlar uchun tabiiy yashash muhiti hisoblanadi. Ular odatda mayda suv oʻtlari, oʻsimlik hujayralari va mayda umurtqasizlar bilan oziqlanadi. [4] [5] [6] [7] [8] [9] [10]

Yashab qolish qobiliyatlari



Jimyurarlar tirik qolishi mumkin boʻlgan haroratlar:

151 °C da bir necha daqiqa

−20 °C da 30 yil

−200 °C da bir necha kun

−272 °C da bir necha daqiqa [11] 12]

Bosim.
Ular vakuumga, shuningdek juda yuqori bosimlarga (atmosfera bosimidan 1200 baravar ortiq) bardosh bera oladilar. Baʼzi turlar, 6000 atmosfera bosimiga ham bardosh bera oladi, bu dunyo okeanining eng chuqur joyi — Mariana botigʻidagi suv bosimidan olti baravar koʻpdir.

Degidratsiya(suvsizlik)

Jimyurarlar quruq holatda omon qolishi isbotlangan eng uzoq vaqt, qariyb 10 yil, ammo 120 yillik qurigan moxdan topilgan jimyurar yana qoniqarli sharoitlarga oʻtkazilganda, tirilmagan boʻlsa ham, hech boʻlmaganda bitta oyogʻi qimirlagani haqida hisobot bor [15]

Radiatsiya
Jimyurarlar boshqa hayvonlarga qaraganda 1000 baravar koʻproq radiatsiyaga bardosh bera oladi. Ularning oʻrtacha halokatli dozalari 5000 Gy. (Odamda bu koʻrsatkich atigi 5-10 Gy). Jimyurarlarning bunday chidamliliklarining sababi, ularning DNKsiga radiatsiya bergan zarar juda tez tiklanishidadir .[13] [14]

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz