Jimjitlik kodeksi (film, 1990)




"Jimjitlik kodeksi"  — Zinoviy Royzman tomonidan suratga olingan kriminal detektiv boʻlib, Georgiy Vayner va Leonid Slovinning „Oyning qorongʻu tomonida“ hikoyasi asosida 1990-yilda suratga olingan. Keyinchalik, filmning 2-qismi, „Jimjitlik kodeksi 2: Qora baliq izidan“ nomi bilan suratga olindi.

Mazmuni



Filmdagi voqealar rivoji 1980-yilda Jizzax va Toshkent shaharlarida boʻlib oʻtadi. Jizzaxdan uncha uzoq boʻlmagan „Chiroyli“ nomi ostidagi yozgi kafeda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, mayor Andrey Pak qurolli hujum qurboni boʻladi. U bilan birga hamkasbi ham voqea joyida halok boʻladi. Ushbu qotillikni tergov qilish chogʻida filmning bosh qahramoni podpolkovnik Toʻra Samatov dastlab viloyat jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod etiladi, soʻngra mahalliy jinoiy uyushma tomonidan kuzatuv ostiga olinadi. Ularning jinoiy toʻdasiga restoran direktori, sobiq huquq-tartibot idoralari xodimlari, Oʻzbekiston SSR yuqori martabali amaldorlari va Samatovning boshligʻi, general-mayor Aʼzamovlar kiradi. Filmning kulminatsion nuqtasida, ichki ishlardagi xizmatdan haydalgan Toʻra Samatov, uning doʻsti va isteʼfodagi kapitan Valentin Silov mahalliy ichki ishlar xodimlarining korruptsion hatti-harakatlariga nuqta qoʻyishadi.

Rollarda




Manbalar




Tomosha qilish uchun



Kodeks molchaniya Youtube.com

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz