Jim Rohn




 

Emanuel Jeyms Ron (1930-yil 17-sentyabr– 2009-yil 5-dekabr), professional sifatida Jim Rohn nomi bilan tanilgan, amerikalik tadbirkor, muallif va motivator edi.Uning hayotiy filosofiyasi "Agar siz ko'p odamlarga xohlagan narsasini olishga yordam bersangiz, siz xohlagan hamma narsaga ega bo'lishingiz mumkin."

Hayotning boshlang'ich davri



Emanuel Jeyms "Jim" Rohn Vashingtonning Yakima shahrida Emmanuel va Klara Ron oilasida tug'ilgan. Ronlar Aydaxo shtatining Kolduell shahrida fermaga egalik qilishgan va u yerda Jim yolg'iz farzand sifatida o'sgan. U kambag'al oilada tug'ilgan, 30 yoshida millionerga aylangan va 33 yoshida tanazzulga uchragan. Keyinchalik u yana millionerlik shohipasiga ko'tarilgan.Jeyms ron bir yildan keyin kollejni tark etadi.

Karyerasi



U o'z professional hayotini Sears kompaniyasida inson resurslari menejeri lavozimida ishlashdan boshladi. Taxminan shu lavozimda ishlab yurgan paytlarida bir do'sti Ronni tadbirkor Jon Erl Shoaffning ma'ruzasiga taklif qiladi. 1955-yilda Ron Shoaffning to'g'ridan-to'g'ri sotuvchi AbundaVita biznesiga distribyutor sifatida qo'shildi.

1957-yilda Ron AbundaVita kompaniyasidagi distribyutorlik lavozimini tark etdi va boshqa to'g'ridan-to'g'ri sotuvchi Nutri-Bio kompaniyasiga qo'shildi. Kompaniya asoschilari, jumladan, Shoaff ham unga ustozlik qila boshladilar. Ushbu murabbiylikdan so'ng Rohn kompaniyadagi eng yirik tashkilotlardan birini qurdi va rahbarlikni o'z qo'liga oldi.1960- yilda, Nutri-Bio Kanadada kengaytirilganda, Shoaff va boshqa asoschilar Ronni tashkilotga mas'ul etib qo'yishni maqul ko'rishdi.

1960-yillarning boshida Nutri-Bio biznesdan chiqib ketganidan so'ng, Ron o'zining Rotary klubida nutq so'zlash uchun taklif qilindi. U buni qabul qildi va ko'p o'tmay, boshqalar undan turli tushliklarda va boshqa tadbirlarda gapirishni so'rashdi. 1963 yilda Beverli Hills mehmonxonasida u o'zining birinchi ommaviy seminarini o'tkazdi. Keyin u butun mamlakat bo'ylab seminarlar o'tkaza boshladi, u seminarlarda o'z hikoyasini aytib berardi va shaxsiy rivojlanish falsafasini o'rgatardi.

1970-yillar davomida Ron Standard Oil kompaniyasi uchun seminarlar o'tkazdi. Shu bilan birga, u jonli seminarlar va shaxsiy rivojlanish bo'yicha seminarlarni o'z ichiga olgan "Muvaffaqiyat sarguzashtlari" deb nomlangan shaxsiy rivojlanish biznesida ishtirok etdi. U 40 yildan ortiq vaqt davomida butun dunyo bo'ylab seminarlar taqdim etgan. 

Ron 1970-yillarning oxirida Mark R. Xyuz ( Herbalife International asoschisi) va hayot strategi Toni Robbinsga ustozlik qilgan. Ronni o'z karyeralariga ta'sir ko'rsatgani uchun hurmat qiladigan boshqa mualliflar/ma'ruzachilar Mark Viktor Xansen va Jek Kanfild ( Tovuq sho'rvasi kitoblari seriyasi), Everton Edvards (Hallmark Innovators Conglomerate), Brayan Treysi, Todd Smit va T. Harv Eker .Ron Kris Videner bilan birgalikda "O'n ikki ustun" romanini yozgan.

Ron 1985-yilda notiqlik mahorati uchun Milliy notiqlar assotsiatsiyasining CPAE mukofotiga sazovor bo'lgan. U 17 ta yozma, audio va video ommaviy axborot vositalarining muallifi, jumladan , “Ambition kuchi”, “Hayotingga mas’ul bo'l ” va “Hayotingni aylantiradigan kun” . Uning ko'pgina nutqlari YouTube va Instagram kabi ijtimoiy media platformalarida bepul mavjud.

O'limi



Jim Ron 2009-yil 5-dekabrda, 79 yoshida o‘pka fibrozidan vafot etdi. U Kaliforniyaning Glendeyl shahridagi Forest Lawn Memorial Parkiga dafn etilgan.U vafot etgan paytida uning umumiy daromadi $500 million dollar edi.

Asarlari




Yana qarang




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz