Jim Wiste
James Andrew Wiste (talaffuzi: Jeyms Endryu Viste, 1946-yil 18-fevral — 2018-yil 2-yanvar) — Kanadalik professional xokkeychi boʻlib, 1968—1971-yillar oraligʻida Canada Milliy xokkey ligasida uch mavsum oʻynagan. U 1970-yilda NHLga kirgandan soʻng Vancouver Canucks jamoasining rasmiy aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, Chicagodagi Black Hawks, Butunjahon xokkey assotsiatsiyasining Cleveland Crusaders jamoalarida oʻynagan.
Jamoalardagi faoliyati
Wiste Denver universitetida kollej xokkey yulduzi boʻlgan. U yerda 1966—1967 va 1967—1968-yillarda Gʻarbiy Xokkey Assotsiatsiyasining birinchi jamoasi yulduzi va NCAA mukofotlariga sazovor boʻlgan. U, shuningdek, 1968-yilgi NCAA chempionati oʻyinida Denverni Shimoliy Dakota universiteti ustidan unutilmas gʻalabasiga katta hissa qoʻshadi.
Wiste 1972—1973-yilgi mavsumda Cleveland Crusaders jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Clevelandda u faoliyatining eng muvaffaqiyatli qismini oʻtkazadi. U jamoa safida ikki yil davomida jami 71 oʻyinda 58 ball toʻpladi.
Wiste 1974—1975-yilgi mavsumda Indianapolis Racers jamoasiga oʻtadi. Lekin 13 gol va 41 ochko bilan umumiy jadvalda pastki pogʻonaga tushib ketadi.
Wiste 52 NHL oʻyinida 1 ta gol va 10 ta golli uzatmani qayd etadi. 228 ta WHA oʻyinida 64 ta gol va 172 ball, 108 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Wiste 2018-yil 2-yanvarda 71 yoshida Denverda vafot etadi.
Faoliyat statistikasi
Doimiy mavsum va pley-off oʻyinlari
Mukofot va unvonlari
Manbalar
uz.wikipedia.org