Jim Davis (tadbirkor)
James S. Davis (1943-yilda tugʻilgan) – AQShlik milliarder, tadbirkor, New Balance kompaniyasi raisi va Major League Lacrossening ilk investorlaridan biri.
Yoshlik davri
James S. Davis 1943-yilda Massachusetts shatining Brookline shahrida tugʻilgan. Worcester Academy maktabida tahsil olgan va Middlebury Collegeda biologiya va kimyo fanlari boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan.
Karyerasi
Davis oʻz karyerasini Waltham shahridagi LFE korporatsiyasida sotuv menejeri va Kembrij shahridagi Applied Geodata Systems Division of Techven Associates kompaniyasida marketing menejeri sifatida boshlagan. 1972-yilda Bostonda joylashgan atigi 6 xodimga ega New Balance kompaniyasini sotib olgan va uni yillik oʻrtacha daromadi 2,5 milliard dollarni tashkil qiladigan 4000 nafar xodimlik global korporatsiyaga aylantirgan. Davis sport buyumlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi, xalqaro sport poyabzallari va kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi va Two/Ten jamgʻarmasi boshqaruv kengashi aʼzosi ham hisoblanadi.
James University of Mainega 5 million AQSh dollari miqdorida hayriya qilgan. Qolaversa, oʻzi tahsil olgan Middlebury universitetida faxriy doktor unvonini qoʻlga kiritgan. Universitet hududidagi kutubxona ham Jim Davis sharafiga nomlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org