Jilovdor




Jilovdor — oʻtmishda hukmdor otini qabul qilib oluvchi shaxc. J. hukmdor otini jilovlash bilan birga, uning otga minishi va tushishiga koʻmaklashgan. J. hokim otxonasiga yaqin xonada istiqomat qilgan va bu xona jilovxona deb atalgan. Hukmdor qarorgohiga kelgan mehmonlarning otlarini J. olib qolib, to oʻz yurtiga qaytguniga qadar oziqlantirgan. Har bir viloyat hokimining maxsus J.i boʻlgan. Buxoro amirligida J. saroy mansablaridan biri hisoblanib, oʻz vazifasiga koʻra zinbardor "otni egarlovchi", avrangbardor "safar taxti (kursi) ni koʻtarib yuruvchi" hamda roiz "otlarni parvarish qiluvchi, otboqar" bilan teng mavqega ega boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz