Jilonbuzgan devorlari




Jilonbuzgan devorlari  — Ohangaron vodiysini jan.-sharqiy tomondan uragan qad. mudofaa devorlari. J. d. Chatqol togʻlaridan boshlanib, Ohangaron daryosining oʻng va chap sohillaridagi qad. sugʻorilgan yerlarni oʻz ichiga olgan holda Sirdaryoning oʻng qirgʻogʻiga kelib taqaladi va Sirdaryoning chap qirgʻoq tomonida ham davom etadi. J. d. Markaziy Osiyoda arablar hukmronligi davrida (8—9-asrlar) Ohangaron vodiysidagi obod yerlarni koʻchmanchilarning hujumlaridan mudofaa qilish uchun barpo etilgan. J. d.ni 1957, 1959, 1967-yillarda arxeolog X. Muhamedov tekshirgan.

J. d. bir-biriga parallel holda 2—3 qator paxsa devor urib, ularning oraligidagi maxsus qoldirilgan boʻshliq loy (loʻmboz) va tuproq bilan tuldirilgan. Shu sababli J. d.ning harobalari birbiriga parallel ikki-uch qator sunʼiy marzalar (kengligi 35-45 m va bal. 2-3 m) holida saqlangan.

Adabiyot




Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz