Jiguli Dayrabayev




Jiguli Moldaqaliquli Dayrabayev (1954-yil 29-sentyabr, Lugovoy tumani, Jambil viloyati) — Qozogʻiston siyosatchisi, Qozogʻiston Oliy Kengashining XII chaqiriqining deputati (1990—1995), Qozogʻiston fermerlar uyushmasining raisi. 2022-yilgi mamlakat prezidentligiga nomzod.

Biografiyasi



Jiguli Dayrabayev 1954-yilning 29-oktabrida tugʻilgan. Choʻpon yordamchisi va haydovchi boʻlgan Jiguli faoliyatin 1974—1977-yillari Lugovoy tumani „Put k kommunizmu“ (ruschada „Kommunizmga yoʻl“) jamoasi komsomol qoʻmitasining kotibi sifatida boshladi. Keyinchalik u Lugovoy tumanining „Put k kommunizmu“ jamoasi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi lavozimida 1977—1980-yil oraligʻida ishlagan. Raisligini toʻxtatgan yili Jiguli Dayrabayev Kamensk qishloq ijroiya qoʻmitasining raisi etib tayinlanadi. Shundan soʻng ikki yil boʻyi (1985—1987) Lugovoy tumani „Algʻabas“ qoʻy xoʻjaligi partiya qoʻmitasi kotibi boʻldi.

1987—1995-yillari Jiguli Dayrabayev Lugovoy tumanining Jambil nomidagi uyushmasi boshqarmasining raisi boʻlib, 2 yil davomida „Qoragʻati“ filialining direktori lavozimida tayinlandi.

Oliy Kengashga aʼzolik



Jiguli Dayrabayev 1990-yili Qozogʻiston Oliy Kengashi XII chaqirigʻining deputati boʻlib saylangan. Uning keyingi 5 yil davom etgan Kengashdagi aʼzoligining yillarida Qozogʻiston mustaqillik haqidadeklaratsiyasining kuchga kirishi, mustaqil Qozogʻistonning birinchi konstitutsiyasining va davlat ramzlari tasdiqlanishi va 300 ga yaqin qonunlar qabul qilinishi kabi tarixiy oʻzgarish boʻldi.

Oliy Kengashga aʼzoligidan keyin



Jiguli Dayrabayev T.Risqulov tuman statistika boʻlimi boshligʻi (1997—2001), Chu tumani „Berlikskiy“ don qabul qilish korxonasining direktori, Merken tumani „Qazeksim-Merki“ korxonasining direktori (2001—2009), „MOLBAL“ MChJ bosh direktori (2009—2015), „Qozogʻiston fermerlar ittifoqi“ QB Jambil viloyati boʻlimining raisi (2015—2019), „Qozogʻiston fermerlar ittifoqi“ RQB assotsiatsiyasining prezidenti (2019—2022) lavozimlarida ishlagan.

Hozirda Jiguli Dayrabayev Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Milliy taʼsisning deputati (2022-yil 14-iyundan boshlab), Qozogʻiston fermerlar assotsiatsiyasining boshqaruv raisi (2022-yilning iyunidan boshlab) va „Atameken“ NCP raisligining sanoat kompleksi qoʻmitasi raisi (2022-yilning iyunidan boshlab) boʻlib keladi.

Tanqid



Bolalarining firibgarlikda ayblari



2022-yili 3-oktyabr kuni turli xabarlar Jiguli Dayrabayevning ikki oʻgʻli Didar Moldaqaliq bilan Marat Dayrabayev Jambil viloyati hokimligi qishloq xoʻjaligi boshqarmasining sobiq boshligʻi Yerlan Qulkeev bilan birgalikda oʻzgalarning ishonib topshirilgan mulkini talon-toroj qilishdi va firibgarlik haqida ayblovlari eʼlon qilindi. Keyinroq ular haqida ish ochilgani maʼlum boʻldi.

Shaxsiy hayoti



Jiguli Moldaqaliquli oʻzining ismi haqida savolga javob berganda otasi oʻgʻlining buyuk odam boʻlishini tilab, uni Jiguli togʻlarining ism bilan nomin qoʻydi.

Jiguli Dayrabayev uylangan, ikki oʻgʻil va yetti nevarasi bor.

Mukofotlar



Medallar




Hurmatli unvonlar




Boshqalar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz