Jig'oltoy




Jigʻoltoy (Falo subbuteo) — lochinsimonlar oilasiga mansub yirtqich qush. Kattaligi kaptardek. Osiyo, Yevropa va qisman Afrikada tarqalgan. Oʻrta Osiyoning togʻli oʻrmonlarida, bogʻ va chakalakzorlarda uchraydi. Oʻzbekistonga kelib, qishlash uchun Afrika va Hindistonga uchib ketadi. Boshqa qushlar inidan foydalanadi. 3 ta, baʼzan 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Iyun—iyulda bola ochadi. Yirik hasharotlar va mayda qushlar bilan oziqlanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz