Jig'a




Jigʻa — bosh kiyim (salla, doʻppi, toj) ustiga oʻrnatiladigan bezak, taqinchoq. Tuzilishi qirgʻoqlari oʻzaro jipslashtirilgan ikki palla yupqa kumushdan iborat boʻlib, yuqori qismida tovus, ukki patlari oʻrnatish uchun naychasi boʻlgan, sirtiga bosma naqshlar ishlanib, tilla suvi yugurtirilgan, marvarid, feruza va b. tosh va rangdor shishalar qadab bezatilgan. J. qadimiy boʻlib, yozma manbalarda u haqda maʼlumotlar, miniatyuralarda tasvirlari saqlangan. Qadimdan toʻy va tantanalarda, baʼzan "koʻz tegish"dan saqlanish niyatida ham tikilgan. Shox, shahzoda, bekzodalar taqqan yakka qadaluvchi J., asosan ayollar doʻppisining ikki chakkasiga qadaladigan qoʻshjigʻa (Xorazmda koʻproq uchraydi), bolalar bosh kiyimiga "yomon koʻzdan asrash" niyatida qadaladigan qatorjigʻa kabi turlari bor. Toshkentda, shuningdek, nikoh toʻyida kuyovlar (qizning otasi sovFa qilgan J.ni taqib, ularga koʻrinish bergan), bolalarning sunnat toʻyida ularning bosh kiyimlariga J. taqilgan.

Shuningdek, ot, tuya va b.ga taqiladigan J.lar ham boʻlgan, ular, odatda, hayvonlar noʻxtasiga qadalgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz