Jidko Gennadiy
Gennadiy Valeriyevich Jidko (1965-yil 12-sentyabr, Yangiobod, Ilyichevsk tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2023-yil 16-avgust, Moskva, Rossiya) — rus harbiy rahbari, general-polkovnik . Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari — Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh harbiy-siyosiy boshqarmasi boshligʻi (2021—2022). Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (2017).
Rossiya-Ukraina urushini qoʻllab-quvvatlagani uchun u Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati, Buyuk Britaniya, Ukraina, AQSh, Kanada, Shveytsariya, Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya tomonidan sanksiyadagilar roʻyhatiga kiritilgan.
Biografiyasi
1965-yil 12-sentyabr, Yangiobod qishlogʻida (Oʻzbekiston SSR Sirdaryo viloyati Ilyichevsk tumani, hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Sardoba viloyati) tavallud topgan.
1987-yilda Toshkent oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtini tamomlagan. U Volga va Volga-Ural harbiy okruglarining 27-gvardiya motooʻqchi diviziyasida Orenburg viloyati, Totskiy tumani, Totskoye qishlogʻidagi bazada xizmat qilgan, u yerda vzvod komandirligidan diviziya komandiri darajasiga koʻtarilgan, muddatidan oldin kapitan lavozimiga koʻtarilgan, keyin esa polkovnik darajasigacha yetib borgan. Keyinchalik Dushanbe (Tojikiston Respublikasi) shahrida joylashgan 92-motooʻqchi polkining komandiri lavozimida faoliyat yuritgan.
1997-yilda Sovet Ittifoqi marshali R. Ya. Malinovskiy nomidagi Zirhli Kuchlar Harbiy akademiyasini, 2007-yilda esa Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2007-yil avgustdan 2009-yil iyulgacha — Volgogradda joylashgan Shimoliy Kavkaz harbiy okrugining 20-gvardiya motooʻqotar diviziyasi qoʻmondoni boʻlgan. General-mayor A. P. Lapin ushbu lavozimdagi faoliyati davomida harbiy jamoalar bilan ishonchli munosabatlar oʻrnatish, jangovar va texnik tayyorgarlikni takomillashtirish ishlarini davom ettirgan. 2009-yil iyulidan 2011-yil yanvarigacha — Moskvaning 20-gvardiya armiyasi, soʻngra shtab-kvartirasi Voronejda joylashgan Gʻarbiy harbiy okruglar qoʻmondoni oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2011-yil yanvaridan 2015-yil yanvarigacha — Sankt-Peterburgda joylashgan Gʻarbiy harbiy okrugining 6-qoʻshma qurolli armiyasi qoʻmondonligi boshligʻi va birinchi oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.
2015-yil yanvardan 2016-yil sentyabrgacha — Bosh shtab boshligʻi — 2-gvardiya qoʻshma qurolli armiyasi qoʻmondoni birinchi oʻrinbosari, 2016-yil sentyabrdan 2017-yil noyabrgacha — shtab-kvartirasi Samara shahrida joylashgan Markaziy harbiy okrugning 2-gvardiya qoʻshma qurolli armiyasi qoʻmondoni lavozmilariga xizmat qilgan. Zapad-2017 harbiy mashgʻulotlari davomida armiya boʻlinmalari Samaradan Kola yarim oroliga eng tezkor koʻchirilgan guruhga aylangan. 2016-yil 20-fevralda unga general-mayor unvoni berilgan.
U Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasida qatnashgan, 2016-yilda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Suriyadagi guruhlash shtab boshligʻi lavozimida ishlagan.
2017-yil 22-noyabrdan 2018-yil 3-noyabrgacha — Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlagan . 2018-yil 11-iyunda u general-leytenant unvonini olgan.
2020-yil 11-iyunda u general-polkovnik unvonini olgan. 2021-yil 12-noyabrda u Davlat Dumasiga saylangan general-polkovnik A. V. Kartapolov oʻrniga Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari — Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh harbiy-siyosiy boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan.
2022-yil 6-iyuldan 5-oktyabrgacha — yana Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimiga tayinlangan.
U 2023-yil 16-avgustda Moskvada uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 58 yoshida vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org