Jibek Joly TV




Jibek Joly TV (eski nomi Kazakh TV) - Qozogʻiston Respublikasining birinchi sunʼiy yoʻldosh milliy telekanali. „Jibek Joly TV“ telekanalini Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikaning shimoliy qismi aholisi tomosha qilishlari múmkin. Tomoshabinlar soni 99 millionga yaqin. Qozogʻiston telekanali qozoq, rus va ingliz tillarida 24 soat davomida axborot va maʼrifiy koʻrsatuvlar olib boradi.

Eshittirishlari



Jibek Joly TV 2005-yil 25-oktabrda CaspioNet nomi ostida axborot xizmatini ishga tushirdi. „Jibek Joly TV“ telekanali tomoshabinlari Qozogʻiston siyosati, iqtisodiyoti, sporti va madaniyati haqida maʼlumot olishlari mumkin.2012-yil 25-oktabr — oʻninchi yubiley kunidan boshlab, kanal Ostona shahridagi yangi „Kazmedia Ortalygy“ media markazidan HDTV standarti 16:9 formatida tashkil etilgan.

Eshittirish tillari: qozoq, rus, ingliz, qirgʻiz va oʻzbek tillari Asosiy vazifa: xorijiy auditoriyani Qozogʻiston hayotidagi voqea va hodisalar haqida tezkor va xolisona xabardor qilish, shuningdek, xalqaro siyosatning asosiy masalalari boʻyicha Qozogʻiston pozitsiyasini aks ettirish.

Rahbarlar



2018-yilda Qozogʻiston telekanalini Rahimjanova Sandugash Nurabayevna boshqargan.

2019-yilda Ayjan Kuan telekanal rahbari lavozimiga keldi.

Axborot xizmati



Qozogʻiston telekanalining yangiliklar xizmati Qozogʻistonning barcha hududlarida, Yevropa, Osiyo va MDH davlatlarida muxbir punktlariga ega. Qozogʻiston telekanali oʻz mahsulotlaridan tashqari hamkorlik dasturlari doirasida dunyoning yetakchi axborot agentliklari yangiliklaridan ham faol foydalanadi.

Tarixi



2002-yil 25-oktabrdan bu kanal „CaspioNet“ deb nomlanadi.

2012-yil 1-sentabrdan boshlab telekanal nomi „Qazaq TV“ga oʻzgartirildi. 2020-yil dekabr oyidan boshlab kanal nomi „Qazaq TV“ga oʻzgartirildi. 2022-yil sentabrida nomi Jibek Joly TV deb oʻzgartirildi.

Dasturlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz