Ji Xiang
Ji Xiang (1990-yil 1-martda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Ji Xiang professional futbolchilik faoliyatini 2008-yilgi mavsumda Jiangsu Suning bilan ularning katta jamoasiga koʻtarilgandan boshlagan. U 2008-yil 18-oktyabrda „Qingdao Hailifeng“ klubiga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan va oʻz debyutini nishonlagan. Liga mavsumi oxirida Ji Xiang divizion chempionligini qoʻlga kiritgan va Xitoy futbolining yuqori darajasiga koʻtarilgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylangan. Yuqori divizion klubi Jiangsuning murabbiyi Pey Encai dastlab Ji Siandan foydalanishni istamagan, ammo 2010-yilgi liga mavsumida unga koʻproq ishonch bildirgan, buning natijasida Ji Sian 2010-yil 22-avgustda klub uchun birinchi golini urib, murabbiyni ishonchini oqlay boshlagan. Oʻsha oʻyinda Jiangsu Qingdao Jonoon FCga ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan. Keyingi mavsumda u Pey Encai ketganiga qaramay, oʻzini jamoada muntazam oʻynaydigan asosiy oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va 2012-yilgi mavsumda Ji Xitoy Superligasi tarixidagi eng tezkor gol boʻyicha rekordni yangilagan yaʼni 7 soniyada gol urgan. Bu gol 2012-yil 20-oktyabrda Guangzhou Evergrandga qarshi durangni taʼminlagan. Endi u jamoaning almashtirilmaydigan oʻyinchisiga aylanib ulgurgan edi, 2015-yilgi Xitoy FA kubogida „Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozongan. Shundan soʻng 2020-yilgi Xitoy Superligasi chempioni boʻlgan va eng soʻngida klubi bilan birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan.
Xalqaro faoliyati
Ji Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 13-dekabrida Qirgʻizistonga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan. Ammo bu oʻyin FIFA tomonidan xalqaro „A“ oʻyini sifatida tan olinmagan. Nihoyat u rasmiy debyutini 2014-yilning 21-dekabrida Falastinga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi
Xalqaro statistika
Xalqaro maydondagi gollar
Yutqular
Klub
Jiangsu Suning Shandong Taishan Manbalar
uz.wikipedia.org