Jhon Murillo




Jhon Eduard Murillo Romaña (talaffuzi: Jon Edvard Murillo Romagna; 1995-yil 4-iyunda Venesuelaning El Nula shahrida tugʻilgan) — Venesuelalik futbolchi, Portugaliyaning „Tondela“ futbol klubi va Venesuela terma jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati



Jhon Murillo „Zamora“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 22-oktabrda „Llaneros“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Venesuela premyer ligasida debyut qilgan. 2013-yil 19-avgustda „Deportivo Petare“ futbol klubiga qarshi bahsda Jhon Murillo „Zamora“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. 2013 va 2014-yillarda Jhon Murillo jamoaga ikki marta chempion boʻlishiga yordam bergan. 2014-yil 26- mart kuni Libertadores kubogi doirasida Paragvayning „Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xalqaro klublar miqyosida birinchi golini urgan.

2015-yilning 17-fevralida Libertadores kubogi doirasida Urugvayning „Montevideo Wanderers“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Jhon Murillo gol urgan.

May oyida Jhon Murillo Portugaliyaning „Benfica“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u darhol „Tondela“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 14-avgust kuni „Sporting Lisbon“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jhon Murillo Sangrish ligasida debyut qilgan. 2016-yilning 3-yanvarida „Rio Ave“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u yangi klubi safidagi ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati



2015-yil boshida Jhon Murillo Venesuela yoshlar terma jamoasi tarkibida Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Chili, Braziliya, Urugvay va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2015-yil 12-fevralda Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Jhon Murillo Venesuela terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan. Oʻsha yili Jhon Murillo Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun tarkibga kiritilgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz