Jezkazgan
Jezqazgʻan — (qoz. Жезқазған) Qozogʻiston Respublikasi Ulitau viloyatining maʻmuriy markazi. Kengir suv omborining oʻng sohilida joylashgan. Qaragʻandi shahridan 520 km. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 86,9 ming kishi (2012). Jezqazgʻanda mis rudasi borligi mahalliy aholiga qadimdan maʼlum boʻlgan.
Tarixi
1771-yil Markaziy Qozogʻistonga baron Traunberg ekspeditsiyasi kelgan va Ulugtov janubiy etaklarida mis rudalari borligini aniqlagan. 1847-yil yekaterinburglik savdogar Nikolay Ushakov chorvador Botir Bakasindan mis zaxiralari bor deb taxmin qilingan maydonni ijaraga olgan. 1890-yil Jezqazgʻan konini inglizlar sotib olgan va 1913-yil bahorida mis eritish zavodi va Qarsaqpayda boyitish fabrikasini qurish uchun tayyorgarlik koʻrgan. Mis. rudasi 20-asr boshidan oz miqdorda qazib olina boshlagan. 1925-yil Otbosar rangli metallar tresti tashkil etilib, uning tarkibida Qarsaqpay kombinati boʻlgan. 1928-yil Qarsaqpay mis eritish zavodi birinchi mahsulotini berdi. 1947-yil Jezqazgʻan boyitish fabrikasi qurila boshladi, 1954-yil foydalanishga topshirildi.
Sanoati
Jezqazgʻan regionida marganets konsentrati ishlab chiqariladigan va oltin rudasi qazib olinadigan konlar va fabrikalar, mis zavodi va sim ishlab chiqarish sexi joylashgan. Jezqazgʻan rudasi tarkibida qoʻrgʻoshin, rux, kumush, oltingugurt, oltin va nodir hamda tarqoq elementlar mavjud. Gidrometallurgiya, quyish mexanika zavodlari, trikotaj fabrikasi, goʻsht kombinati, sut zavodi, emal sexi ishlab turibdi. Jezqazgʻan koni asosida misdan tashqari rangli metallurgiya rivojlangan boʻlib, „Qazaqmyu“ korporatsiyasining „Jezkazgansvetmet“ aksiyadorlik jamiyati korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Jezqazgʻan mis koni aniqlangan zaxirasi boʻyicha dunyodagi yirik konlardan biri.
Jezqazgʻan hududida kompleks rudalar, mis, qoʻrgʻoshin, kumush, oltin, volfram, molibden, temir, marganets, optik kvarsning katta zaxiralari bor. Undan tashqari koʻmir, neft, gaz, tabiiy qurilish materiallari, qoplama va ziynat toshlari konlari mavjud.
Aholisi
2022-yil yanvar oyiga koʻra shahar aholisi 91 942 kishini tashkil qildi, shahar aholisining milliy tarkibi quyidagicha:
Ijtimoiy soha
Shaharda 01.01.07 yilga 1133 xoʻjalik subʼekti roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 13 yirik, 58 oʻrta, 1062 kichik subʼeklar.
Asosiy iqtisodiy yoʻnalish:
rangli metallurgiya;
mashinasozlik va metallga ishlov berish;
energetika;
oziq ovqat sanoati.
Shundan 2006-yili 11,6 ming tonna kartochka, 4,9 ming tonna koʻkatlar, 1,1 ming tonna goʻsht,4,0 ming tonna sut, 4671,2 mingta tuxum olindi.
2007-yilgi 1-yanvarda qora mollar soni 6,9 mingta, qoʻy va echki — 22,5 mingta,choʻchqa — 4,3 mingta,yilqi - 1,8 mingta, qush — 23,1 mingta.
Shaharda 2006/2007 oʻquv yili
Shaharda
Iqtisodi
2006-yilgi shaharning katta va oʻrta korxonalari ishchilarining soni, Satbaev shaharida "Qazaqmis korporatsiyasi" MChB va Ulutau tumaning Qarsaqpay kentining ham ishchilarini hisobga olganda, 45175 kishini tashkil qildi, oʻrta oyligi — 39511 tenge.
2006-yilgi mahsulot koʻlami 210886,1 mln. tengeni tashkil qildi.
Yillik maʼlumot boʻyicha 2006-yilgi asosiy kapitalga investitsiyalar 16057,8 mln. tengeni tashkil qildi, bu 2005-yil bilan taqqoslaganda 103,6 %-ni tashkil qiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org