Jeyn Ostening Uy-muzeyi




Jeyn Ostenning Uy Muzeyi - Hampshiredagi Alton tumani yaqinidagi Chawton qishlog'ida joylashgan kichik uy-muzeyidir. Bu muzey - yozuvchii Jeyn Ostenning uy muzeyi bo'lib, u hayotining so'nggi sakkiz yilini ushbu 17-asrdagi uylardan bo'lgan (odatda, Chawton Cottege nomi bilan tanilgan) uyda o'tkazgan. Shu vaqt mobaynida yozuvchi o'zining Sanditon parchasini hamda romanlaridan oltitasini yozgan, ularni ko'rib chiqqan va nashrga tayyorlagan. Muzey 1963-yildan buyon Grade I listed binolar ro'yxatida 1-darajali ro'yxatga olingan bino hisonlanadi.

Jeyn Osten qarorgohi



Ilgari mahalliy dehqonlar yashaydigan uy, 1781-1787-yillar oralig'ida The New Inn, qisqacha jamoat uyi (spirtli ichimliklarga ruxsat berilgan joy) bo'lgan. Bu yerda ikkita qotillik sodir bo'lgandi va ikkinchi qotillikdan keyin uyni Jeyn Ostenning akasi Edward Austen Knight fermeri, Bridger Sewardga beradi.

Keyinchalik, onasi va opa-singillariga doimiy yashash joyiga ega bo'lishlari uchun uyda yashashga ruxsat beradi. Jeyn Osten uyda onasi, singlisi Cassandra va uzoq yillik oilaviy do'sti Martha Lloyd bilan 1809-yilning 7-iyulidan 1817-yilning may oyiga qadar yashagan, so'ng yozuvchi kasallik tufayli shifokorining yonida bo'lish uchun Winchesterga ko'chib o'tgan. Yozuvchi 1817-yil 18-iyulda Winchesterda vafot etadi. Uning onasi va singlisi 1827-1845-yillar davomida vafot etgunliklaricha uyda yashab qoladilar.

Jeyn Osten Chawtonga kelganida qoralama shaklida uchta roman: Sense va Sensibility, Andisha va G'urur va Northanger Abbe asarlarini yozgan edi. Osten bu romanlarini nashr ettirishdan oldin, uyda qayta ko'rib chiqadi. Bundan tashqari, Mansfild Park, Emma va Persuasion asarlarini ham yozgan.

Muzey



Cassandraning o'limidan so'ng, uy ishchilar uchun kichik kvartiralarga bo'lindi, binoning bir qismi yigirmanchi asrning boshiga kelib ishchilar klubiga aylantirildi. Uyning qolgan qismi esa ko'chmas mulk ishchilari uchun kottejlarga bo'lingan va Petty Jons va Chawton Cottage nomi bilan tanilgan.

Jeyn Ostenning Uy Muzeyi 1947-yilda tashkil etilgan bo'lib, 2014-yilgacha muzey Jane Austen Yodgorlik Tashkiloti tomonidan boshqarilgan. Uy 1948-yilda Edward Knight tomonidan Thomas Edward Carpenterga 3000 funt sterlingga sotilgan (2023-yilda 116,056 funt). 1949-yilda 1944-yil 30-iyun kuni, 22 yoshida Italiyaning Trasimene shahrida oʻz askarlarini boshqarayotganda mag'lub bo'lgan 1-batalyon Sharqiy Surrey polkining leytenanti Carpenterning oʻgʻli Philipp John Carpenter xotirasi uchun tashkilotga beriladi.

Muzey 1949-yil iyul oyida ochilgan va har yili taxminan 40 000 kishi bu bu yerga tashrif buyuradi . Hozirda muzey Jeyn Ostenning Uy-Muzeyi CIOga tegishli bo'lib, ro'yxatdan o'tgan (ro'yxatga olingan raqami: 1156458) xayriya tashkiloti tomonidan boshqariladi. Uning maqsadi "ta'limni rivojlantirish va xususan, ingliz adabiyotini, ayniqsa, Jeyn Osten asarlarini o'rganishga mo'ljallangan".

Muzey kolleksiyasida Jeyn Ostenning o'z qo'lida yozilgan va unga tegishli bo'lgan sakkizta musiqa kitoblari o'rin olgan. Bundan tashqari, muzeyda namoyish etilayotgan Jeyn Ostenning mebellari orasida Muzio Clementi fortepianosi (1813-yil) va uning bir nechta asarlarini o'z ichiga olgan Hepplewhite byuro-kitob javoni mavjud. Muzeyda, shuningdek, Jeyn Osten oilasining boshqa buyumlari va mebellari to'plami ham bor.

Muzey Ostenga tegishli ekanligi ma'lum bo'lgan uchta zargarlik buyumlari, feruzatosh munchoqli bilaguzuk, gavharli xoch, firuza va oltin uzuklarga ega. Oltin uzuk 2012-yilda kim oshdi savdosida amerikalik qo'shiqchi Kelli Klarksonga sotilgunga qadar Ostenning oilasida qolgan edi. Britaniya hukumati uzukni tarixiy ahamiyati tufayli eksport qilishni ta'qiqladi va muzey oxir-oqibat uzukni anonim donordan 100 000 funt sterlingga eksport qilish muddatigacha sotib oldi. Uzuk 2014-yil fevral oyida muzeyga qo‘yilgan.

Muzeyda Ostenni yanada qadrlash va yangi yozuvchilarni rag'batlantirish uchun muntazam tadbirlar o'tkaziladi. Shuningdek, Clementi fortepianinosidan foydalangan holda badiiy chiqishlar va uning asarlari asosida spektakllar o'tkaziladi.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz