Jeyms Artur




James Arthur (talaffuzi: Jeyms Artur) (1944-yil 18-mayda tugʻilgan) — kanadalik matematik. Avtomorfik shakllar sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2015-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Arthur 1962-yil Upper Canada kollejini tamomlagan. 1966-yil Toronto universitetidan B.Sc. darajasini, 1967-yil ayni universitetidan M.Sc. darajasini olgan. 1970-yil Robert Langlands rahbarligida Yale universitetidan Ph.D. darajasini olgan.

Olim Arthur–Selberg iz formulasi bilan tanilgan. Xususan, u Arthur–Selberg iz formulasini reduktiv guruhlar uchun umumlashtirgan. Shuningdek, olim reduktiv guruhlar boʻyicha Arthur gipotezalari muallifidir.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz