Jey Barushel
Jonatan Adam Saunders Jey“ Barushel (ingl. Jonathan Adam Saunders „Jay“ Baruchel; 1982-yilning 9-aprelida, Kanada, Ottavada tugʻilgan) — kanadalik aktyor va musiqachi.
Biografiya va karyera
Jey Barushel 1982-yilning 9-aprelida Ottava shahrining, Ontario provintsiyasida tugʻilgan. Uning otasi antikvar mollar doʻkonida ishlagan, onasi esa erkin jurnalistika bilan shugʻullangan. Internetda oʻzining maqolalarini chiqarib borgan. Suningdek, aktyorning 1987-yilda tugʻilgan singlisi ham bor.
Jey 12 yoshida umumiy oʻqish jarayonida sanʼat maktabiga borib turardi. Uni tamomlagach aktyor boʻlishga qaror qiladi.
„Zulmatdan qoʻrqasanmi?“va „Ona shahrim“ seriallaridagi epizod rollari, Jeyning kino olamidagi birinchi qadami boʻldi. U 1997-1998-yillarda „Bolalar uchun mashxur mehanika“ koʻrsatuvini olib boradi. Shundan soʻng „Eng yomon jodugar“, „Kim uyga egalik qiladi“, „Zulmatdan qoʻrqasanmi?“ (ushbu serialda u yana paydo boʻladi) serialida bir qancha epizod rollarni ijro etadi. 2000-yilda esa „Deyarli mashxur“ filmida Kameron Krous talqinin jonlantiradi.
Aktyor uchun „Million dollar bolakay“ filmi katta oʻzgarishlarga sabab boʻldi. Bu filmda u Morgan Frimen, Klint Istvud va Xillari Suonk kabi mashxur yulduzlar bilan rol ijro etadi. 2007-yilda esa „Biroz homilador“ va „Mening ismim Rid Fish“ filmlarida sur’atga tushadi. 2008-yilda u „Omadsiz askarlar“ komediyasida Ben Stiller bilan birgalikda ishtirok etadi. Keyinchalik 2009-yilda, Ben Stiller bilan „Muzeydagi tun 2“ filmida ham birga rol ijro etishadi.
Hozirda dublyaj jarayonidagi „Drakonning vajoxati“ multfilmida va „Afsungar oʻquvchi“ filmidagi bosh roli bilan aktyorlik faoliyatini davom ettirmoqda.
Filmografiyasi
Film
Televideniyadagi faoliyati
uz.wikipedia.org