Jevak




Jevak , javak (fors, jev — arpa) — ayollar boʻyniga taqadigan bezak buyumi, taqinchoq. Qolipaki usulida oltin, kumush va b.dan tayyorlangan huqqachalardan tuzilgan: bitta yirik, bitta kichik huqqacha eshilgan ipak ipga marjon qilib tiziladi; har bir yirik huqqachaga qolipaki usulida tayyorlangan arpa shaklidagi shokilalar osiladi. Huqqachalar yuziga naqshlar ishlanib, rangdor toshlar qadab bezatiladi. Tangalarni birbiriga ulab 5 qator shoda qilib ishlangan tangajevak, shodasiga marjon taqilgan marjonjevak va b. turlari bor. Toshkentda J., Samarqandda arpajevak, Andijon, Marrilon, Qoʻqonda javak (Andijonda, shuningdek, beshqator), Piskentda mangʻiti deb ataladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz