Jetisoy




Jetisay  — (qoz. Жетісай) Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi Jetisay tumanining markazi, shahar. Chimkent shahridan janubi-gʻarbgacha 232 km uzoqlikda joylashgan, Doʻstiq kanalining chap yoqasida, Sirdaryo qirgʻogʻida joylashgan. Aholisi 23,650 kishi (2018).

Tarixi



Mirzachoʻlda Doʻstiq (Kirov nomidagi) kanali qurulishining davom ettirilishiga va paxta xoʻjaligini rivojlantirishga doir 1939-yili poydevori qurildi. 1951-yili kent, 1969-yili shaharga aylandi. 2018-yilgacha Maqtaaral tumanining maʻmuriy markazi boʻlgan.

Sanoati



Jetisayda paxta tozalash, pivo, non zavodlari, moy sexlari, v.h. korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Ijtimoiy soha



Shaharda „Sirdaryo“ universiteti, Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk xalqaro universitetining filiali, pedagogika kolleji, 6 ta oʻrta maktab, Q.Jandarbekov nomidagi Jetisay drama teatri, „Jetisay soʻzi“ folklorlik-etnografiyalik ansambli, kasalxona, shifoxona, markaziy kutubxona va boshqa mahkamalari faoliyat yuritmoqda. Jetisay orqali xalqaro Toshkent — Sirdaryo — Buxoro temir yoʻli oʻtgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz