Jessie Cave




Jessica Alice Cave Lloyd (5-may, 1987-yil, Londonda tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa va qiziqchi. Harry Potter filmlari seriyasida Lavender Brown roli hamda London va Edinburg Fringedagi namoyishlari bilan tanilgan. U, shuningdek, Love Sick deb nomlangan multfilm dudllari kitobini nashr etgan hamda ularning baʼzi dizaynlari tabriknomalarda paydo boʻlgan. Aktrisaning hayoti va munosabatlariga asoslangan komedik spektakl boʻlmish Sunrise birinchi marta 2019-yilda namoyish etilgan. Cavening birinchi romani Sunset 2021-yilda nashr etilgan.

Yoshligi



Jessica 1987-yilning 5-may sanasida, Londonda, oilasidagi 5ta farzandning ikkinchisi sifatida dunyoga kelgan. Uning otasi umumiy amaliyot shifokori boʻlib ishlardi. Onasi Debora esa Hong Kongning sobiq bosh kotibi, tasmaniyalik ser Charles Philip Haddon-Cavening qizi boʻlgan. Uning kenja singlisi Bebe Cave ham aktrisadir.

Faoliyati



Cave oʻzining aktrisalik debyutini 2008-yilning boshida CBBC telekanalida namoyish etilgan Summerhill dramatik teleserialida amalga oshirgan. U 2007-yil 1-iyul sanasida boʻlib oʻtgan ochiq kastingda Garri Potter va yarim qonli shahzoda filmidagi Lavender Brown rolini qoʻlga kiritadi. Cave tinglovga kelgan 7000 dan ortiq qizlarni yengib ushbu rolni qoʻlga kiritadi. Aktrisa, shuningdek, Harry Potter va tilsim shahzodasi va Harry Potter va ajal tuhfalari: Part 2 videooʻyinlarini moslashtirishda Lavanda ovozini ijro etgan.

2009-yil iyun oyida u West Enddagi debyutini Duke of York teatrida Tom Stoppardning Arcadia asari jonlantirilishida Thomasina obrazini gavdalantiradi. Oʻsha yilning dekabrida Cave 2009-yilgi Inkheart filmi suratga olish jarayonida suv nimfasi obrazida kichik rol oʻynagan.

Shaxsiy hayoti



Cave bastakor Steve Brown va impressionist Jan Ravensning oʻgʻli qiziqchi Alfie Brown ishqiy bilan munosabatda boʻlgan. Ularning to‘rt farzandi bor: 2014-yil oktyabrda tug‘ilgan o‘g‘il, 2016-yil iyulda tug‘ilgan qizi, 2020-yil oktyabrda tug‘ilgan ikkinchi o‘g‘li va 2022-yil mart oyida tug‘ilgan uchinchi o‘g‘il farzandi.

2021-yil yanvar oyida Cavening uchinchi farzandi va ikkinchi oʻgʻli COVID-19 uchun testdan ijobiy oʻtgandan soʻng, kasalxonada davolanishadi. 2022-yilning fevral oyida Cave toʻrtinchi farzandiga homilador boʻlganida COVID-19 uchun testdan musbat natija oladi. Oʻsha yilning mart oyida u kasalxonaga yotqizilgan va u yerda, keyinchalik, toʻrtinchi farzandini dunyoga keltirgan.

Filmografiyasi



Televizion rollari




Filmlarda




Videooʻyinlarda




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz