Jessica Marais
Jessica Dominique Marais (1985-yil 29-yanvarda tugʻilgan)- Janubiy Afrikada tugʻilgan avstraliyalik aktrisa, Avstraliya televideniesidagi Packed to the Rafters va Love Child filmidagi rollari bilan tanilgan. U, shuningdek, Amerikaning " Magic City „ dramatik serialida ham rol oʻynagan.
Yoshlik
Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida tugʻilgan. Uning oilasi Marais toʻqqiz yoshida boʻlganda Gʻarbiy Avstraliyaning Pert shahriga koʻchib oʻtishgan.
Avstraliyaga kelganidan olti oy oʻtgach, Maraisning otasi Toni oilaviy sayohatdan qaytayotganda yurak xurujidan vafot etdi. Marais va uning singlisi Klarani onasi Karen tarbiyalagan. U bir yil davomida Klermontdagi Jon XXIII kollejining katolik qoʻshma maktabida taʼlim olgan.
Jessica Milliy Dramatik Sanʼat Institutiga oʻqishga kirgan va u yerda 2007-yilda tamomlagan. Oʻquv yillari davomid William Shakespearening“ Hamlet " spektaklida Ofeliya rolini oʻynagan. Yakuniy kursni tugatayotganda, MDSIdagi kursdoshi va hamkasbi Xyu Sheridan bilan birga „Paket to the Rafters“ filmidagi rolni qoʻlga kiritdi.
Aktyorlik faoliyati
Marais " Packed to the Rafters " teleserialida Reychel Rafter rolini oʻynagan. Serial muvaffaqiyatli boʻldi va yangi fasllari suratga olindi. 2011-yil fevral oyida Marais serialni tark etgani eʼlon qilindi, u qatnashgan soʻnggi epizodi 2011-yil 23-avgustda namoyish etilgan. 2021-yil 17-sentyabrda Amazon Prime Videoda premyerasi boʻlib oʻtgan " Back to the Rafters " filmida Reychel Rafter rolini oʻynashga rozi boʻlgan lekin, shaxsiy sabablarga koʻra suratga olish boshlanishidan oldin shartnomani bekor qildirgan.
Marais ABCTV Australia biografik telefilmda avstraliyalik transgender faoli Karlotta rolini oʻnaydi. Filmning butun dunyo boʻylab premyerasi 2014-yil 19-iyunda boʻlib oʻtdi. Shuningdek, 2014-yilda Marais Channel Nineʼs " Love chilf „ filmida bosh rolni ijro etgan. Filmda doktor Joan Millar rolini oʻynagan. Oʻshandan beri u ushbu shouning toʻrtta faslida ishtirok etdi.
2016-yildan beri Marais Chanel Tenʼs “The Wrong Girl " dramasida bosh rolni ijro etib kelmoqda. Marais 2017 va 2018-yillarda " Oltin Logie " mukofotiga nomzod boʻlgan.
Shaxsiy hayot
Marais 2009-yilda „ Packed to the Rafters“ filmidagi hamkasbi Jeyms Styuart bilan unashtirilgan edi. Biroq, 2015-yil may oyida Marais u va Styuart 5 yillik munosabatlarini doʻstona tarzda yakunlaganini eʼlon qilishdi.
Marais va Styuartning 2012-yil may oyida tugʻilgan qizi bor.
Filmografiya
Manbalar
uz.wikipedia.org