Jessica Capshaw




Jessica Brooke Capshaw (talaffuzi: Jesika Brouk Kepshou; 9-avgust, 1976-yil, Columbia, Missuri, AQSh) amerikalik aktrisa boʻlib, The Practice filmidagi Jamie Stringer va ABC telekanalida efirga uzatilgan tibbiyotga aloqador dramatik teleserial Grey's Anatomyda doktor Arizona Robbins rollari orqali tanilgan.

Yoshligi



Capshow 1976-yil 9-avgustda Missouri shtatining Columbia shahrida aktrisa va produser Kate Capshow hamda marketing boʻyicha menejeri, marketolog Robert Capshowlarning qizi boʻlib tugʻilgan. Aktrisa rejissor Steven Spilebergning oʻgay qizi boʻlib, uning onasi Capshow 15 yoshligida ushbu rejissorga turmushga chiqqan.

U 1994-yilda Los Angelesdagi Harvard Westlake maktabini tamomlagan. Soʻngra, Brown universitetida tahsil olgan. Ushbu universitetda Arcadia va Cat on a Hot Tin Roof sahna koʻrinishlarida ishtirok etgan. 1998-yilda ingliz adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasiga erishadi. Yoz faslida u Londondagi Royal Academy of Dramatic Arts (RADA)da oʻtilajak darslarda qatnashadi. U ushbu taʼlim dargohida A Midsummer Night's Dream pyessasida Puck rolini ijro etadi.

Faoliyati



Capshaw oʻn toʻqqiz yoshida onasi bilan birga The Locusts (1997) dramasida kichik rol oʻynagan. Aktrisa, shundan keyin, Adam Rifkinning Denial (1998) filmida paydo boʻlgan. U Valentine (2001) filmida Dorothy Wheeler rolini Minority Report (2002) filmida kichik rolni hamda Edward Burnsning The Groomsmen (2006) filmida bosh rolni ijro etadi.

Capshaw 2018-yil mart oyida Grey’s Anatomy jamoasini produserlik sabablariga ga koʻra tark etishga majbur boʻladi. U Twitterda Grey’s Anatomy serialidagi unga berilgan obrazning ahamiyatini taʼkidlagan bayonotini joylashtiradi:

Serial davomida menga ajratilgan obraz LGBT hamjamiyatining dastlabki aʼzolaridan biri bo‘lib, men ushbu obrazni televideniyeda muntazam gavdalantirishim kerak edi. Sizga aytsam, teleserialda menga yuklangan ushbu rolning dunyoga taʼsiri doimiy va abadiydir[8].

Shaxsiy hayoti



Capshaw 2004-yil 22-may sanasida Christopher Gaviganga turmushga chiqadi. Ularning toʻrt nafar farzandlari bor: Luke, Eve, Poppy va Josephine[10]. U 2010-yilda Allure jurnalining may soni uchun yalangʻoch suratga tushishga rozi boʻlgan.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz