Jessica Biel




Jessica Claire Timberlake (talaffuzi: Jessika Kler Timberleyk; qizlik familiyasi Biel /biːl/; 1982-yil 3-martda tugʻilgan) amerikalik aktrisa, model, produser va xonandadir. Biel oʻz karyerasini vokalist oʻlaroq 7th Heaven (1996—2006) oilaviy dramasida Mary Camden rolini jonlantirgunga qadar boshlagan. Bu serial The WB telekanali orqali efirga uzatilgan eng uzoq davom etgan serial, teleseriallar tarixida esa eng uzoq davom etgan oilaviy dramadir.

1997-yilda Biel Ulee's Gold nomli drama filmdagi roli ortidan Young Artist Awardga loyiq topilgan. U The Texas Chainsaw Massacre (2003) dahshatli filmidagi Erin Hardesty personajini gavdalantirganligi uchun yanada koʻproq maqtovlarga sazovor boʻldi. Shunday buyon u The Rules of Attraction (2002), Blade: Trinity (2004), Stealth (2005), The Illusionist (2006), I Now Pronounce You Chuck & Larry (2007), Valentine's Day (2010), The A-Team (2010), New Year's Eve (2011), Total Recall (2012) va Hitchcock (2012) kabi filmlarda rol oʻynagan.

Hayoti



U AQShning Minnesota shtatidagi Ely nomli shaharchasida biznes-maslahatchi va General Electric ishchisi Jonathan Biel hamda uy bekasi Kimberly Biel (qizlik familiyasi Conroe) oilasida tugʻilgan. Uch yildan soʻng, bu oilada Justin ismli oʻgʻil tugʻildi. Bolaligida, Biel oilasi bilan Texas, Konnektikut va Vudstokda (Illinious) yashagan. Oxir-oqibat, oila Kolorado shtatidagi Boulder shahriga joylashdi.

Filmografiyasi



Film




Televideniye




Musiqiy videolar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz