Jessi Duglas
Jesse Douglas (talaffuzi: Jessi Duglas) (3-iyul 1897 — 7-sentyabr 1965) — amerikalik matematik. Douglas Plateau masalasiga topgan umumiy yechimi bilan tanilgan. 1936-yil Lars Ahlfors bilan birgalikda ilk Fields medali bilan taqdirlangan.
Douglas 1897-yil New York shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan. 1916-yil New York shahar kollejidan matematika boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1920-yil Columbia universitetidan PhD darajasini olgan. Douglas umrining oxirigacha New York shahar kollejida matematikadan saboq bergan.
Olim 1760-yilda Joseph-Louis Lagrange oʻrtaga tashlaganidan beri yechimi topilmay kelgan Platea masalasini hal qilgan. Masala „sovun pufagi masalasi“ nomi bilan ham maʼlum. 1943-yil Amerika matematika jamiyati Douglasni Bocher memorial mukofoti bilan taqdirlagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org