Jesús Zavala
Jesús Eduardo Zavala Castaneda (1987-yil 21-iyulda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Meksika terma jamoasi yigʻinlariga bir necha bora jalb qilingan. Hozirda xalqaro maydinda Mekisa terma jamoasi sharafini himoya qiladi
Klubdagi faoliyati
Monterrey
Zavala Monterrey jamoasi bilan Klausura 2006da Toluca klubiga qarshi oʻyinda ilk bora maydonga tushib oʻz debyutini amalga oshirgan. U hujumchi sifatida oʻynay boshlagan, keyinchalik Viktor Manuel Vucetich Zavalaning hujumdan koʻra yarimhimoyada imkoniyatlari koʻproqligi va aynan yarimhimoyada jamoaga koʻproq foydasi tegishi hisobga olinib yarim himoyaga oʻtkazilgan.
Puebla klubi
Puebla klubi 2019-yil yanvar oyi boshida Zavalani sotib olganini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyat
Monterrey jamaosi bilan ajoyib mavsum va kubok bahslarini oʻtkazgandan soʻng, u jamoaga Apertura 2010da gʻalaba qozonishga yordam bergan, Zavala klubdagi faol harakatlari orqasidan terma jamoa bosg murabbiyi Jose Manuel de la Torrening eʼtiboriga tushgan. Jose manuel Zavalani terma jamoa yigʻiniga chaqirgan va uni birinchi roʻyxatga qoʻshib asosoiy tarkib oʻyinchisiga aylantirgan. Oxir-oqibat u 2011-yilgi Oltin Kubokda, shu jumladan Meksika 4-2 hisobida gʻalaba qozongan AQShga qarshi finalda asosiy tarkibda maydonga tushgan va 90 daqaiqa oʻynagan. U oʻzining birinchi golini 2012-yilning 12-iyunida Salvador terma jamoasiga qarshi oʻyinda urgan va jamoasining oʻyinda gʻalaba qozonishiga oʻz hissasini qoʻshgan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro
Xalqaro maydondagi gollar
Yutuqlar
Monterrey Meksika U23 Meksika Manbalar
uz.wikipedia.org