Jess Carter
Jessica Ley Carter (talaffuzi: Jes Karter; 1997-yil 27-oktyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, „Chelsea“ va Angliya ayollar milliy futbol jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Yoshligi
Yoshligida Carter Uorvik Juniorsni County kubogi chempionatiga sardorlik qilgan. 2013-yil iyun oyida Birmingham City Akademiyasiga qoʻshildi.
Faoliyati
Klubdagi faoliyati
2014-yil mart oyida 16 yoshida Carter 2013-14-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi oʻyinida „Arsenal“ga qarshi oʻyinda „Birmingham City“ safida debyut qildi. Keyinchalik u oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Xalqaro faoliyati
Carter U19 va U20 terma jamoalarida Angliyani himoya qilgan. Angliya U19 terma jamoasidagi debyutida u Norvegiya darvozasiga gol urdi. 2017-yilda Carter Qozogʻistonga qarshi saralash uchun Angliya terma jamoasiga chaqirildi va 77-daqiqada Lucy Bronze oʻrniga maydonga tushdi, Angliya 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.
2022-yil iyun oyida Carter UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2022 musobaqasida gʻolib chiqqan Angliya terma jamoasiga kiritildi.
Shaxsiy hayoti
Carter Angliyada tugʻilgan. Otasi amerikalik va onasi ingliz. U „Chelsea“dagi jamoadoshi Ann-Katrin Berger bilan munosabatda.
Carter „Arsenal“ning sobiq oʻyinchisi Judan Ali tomonidan boshqariladigan ayollar futbol akademiyasining elchisi.
Faoliyat statistikasi
Klub
11-may, 2019-yilgi holat boʻyicha
Xalqaro
2022-yil 23-fevralda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.
Xalqaro gollar Yutuqlari
Angliya Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org