Jerom gambiti




Jerom gambiti  – bu quyidagi yurishlar bilan boshlanadigan shaxmat debyuti: 1. e2-e4 e7-e5 2. Kg1-f3 Kb8-c6 3. Cf1-c4 Cf8-c5 4. Cc4:f7+ .

Tarixi



Jerom gambiti amerikalik shaxmat havaskori Alonzo Jerom (1834—1902) sharafiga nomlangan boʻlib, u ushbu debyut tahlilini 1874-yil aprel oyida Dubuque Chess Journalda nashr etgan. Zamonaviy shaxmat amaliyotida kamdan-kam uchraydi.

Debyut gʻoyalari



Gambitning asosiy gʻoyasi – piyoda uchun filni qurbon qilish, qora shohni rokirovkadan mahrum qilish va uning xavfli holatidan foydalanib, hujum qilish imkoniyatini qoʻlga kiritish. Oʻz tadqiqotida A.Jerom 4. …Ke8:f7 dan keyin oʻyinni 5. Kf3:e5+ Kc6:e5 6. Qd1-h5+ (yoki 6. d2-d4)ga qadar davom ettirishni tavsiya qilgan. Uning fikricha, himoyada qoralar yaxshi imkoniyatlarga ega boʻlishiga qaramay, oqlarga hujumni davom ettirish uchun sezilarli darajada qarshilik koʻrsatolmaydi.

Variantlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz