Jermenski jezik
Arman tili — arman xalqining tili. Hind-Yevropa tillari oilasining mustaqil bir guruhi. Ayrim fonetik, morfologik, leksik xususiyatlariga koʻra, Kavkaz tillariga yaqin. Bu tilda jahon miqyosida 4 mln.ga yaqin arman soʻzlashadi, shundan 3,0 mln.ga yaqini Armanistonda, 1 mln.dan ortiqrogʻi xorijda. Arman tili tarixi uch davrga boʻlinadi, yaʼni: a) qadimgi Arman tili (grabar tili, 5 — 11-asrlar); b) oʻrta davr arman tili (11 — 17-asrlar); v) hozirgi arman adabiy tili (17-asrdan boshlab). U koʻplab dialektlarga ajraluvchi gʻarbiy va sharqiy guruhga ega. Armaniston aholisi sharqiy guruh arman tilida soʻzlashadi. Arman tilida 6 unli va 30 undosh tovush bor. Grammatik jins yoʻqolgan, 7 kelishik, turlanishning 8 xili mavjud. Arman tili asosan agglyutinativ tildir.
Arman tili — xinduyevropa tillari oilasi tarkibiga kiruvchi til. Armanistonda va Togʻli Qoraboxda rasmiy til maqomiga ega.
Manbalar
uz.wikipedia.org