Jerex




Oq qayroq , oq marka (Leuciscus aspius) — karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi oqqayroqlar (Leuciscidae) oilasiga mansub baliq. Uz. 60—80 sm, vazni 12 kg gacha. Shim. Boltiq, Qora, Orol dengizlari havzalarida, Oʻzbekistonning deyarli barcha suv havzalarida, jumladan Amudaryo va Sirdaryoda uchraydi. 3—5 yoshida voyaga yetadi. Mayda baliqlar, plankton, voyaga yetgan davrida esa baliq chavoqlari bilan oziqlanadi. Martdan maygacha 40 tadan 300 minggacha uvuldiriq tashlaydi. Qisman sanoat ahamiyatiga ega.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz