Jerevanas




Yerevan (1936 yilgacha Erivan, armancha: Երևան) — Armaniston Respublikasi poytaxti. Armanistonning maʼmuriy, madaniy va ilmiy markazi. Ararat tekisligining shimoliy chekkasida, Razdan daryosi (Araksning chap irmogʻi) boʻyida. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq, qishi qisqa, sovuq. Avgustning oʻrtacha tempaturasi 24,8°, yanvar niki —4,2°. Yiliga 320–350 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 1249 ming kishi (1995). Arxeologik qazishlarda topilgan mixxatli tosh boʻlagidan maʼlum boʻlishicha, Urartu podshosi Argishti I mil. av. 782 yilda Erebuni qalʼasini qurdirgan (shahar nomi ham shundan). Oʻsha qalʼa yonida hoz. Yerevan vujudga kelgan. 13-asr oʻrtalaridan siyosiy va iqtisodiy mavqei orta borgan. 1604-yil Yerevanni Eron shohi Abbos I qoʻshinlari egallaganidan keyin shahar Yerevan xonligining markaziga aylandi. 17-asrda Yerevan yirik karvon savdosi va hunarmandchilik markazlaridan biri. Rossiya-Eron urushi (1826—28)dan soʻng Ye.ni 1827-yil 1 oktabrda rus qoʻshinlari egalladi va Turkmanchoy shartnomasi (1828)ga binoan Ye. Rossiyaga oʻtdi. 1828—40 yillarda Yerevan Armaniston viloyati markazi, soʻng uyezd shahri, 1849-yildan Erivan gubernyasi markazi. Ye.ning Aleksandropol (hoz. Gyumri) temir yo'l orqali Tbilisi (1902) va Julfa (1908) bilan bogʻlanishi shaharning iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga olib keldi.

Eerevanda 1920-yil 29 noyabrda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1921-yil 2 aprelda Yereva Armaniston SSR poytaxti deb eʼlon qilindi. 1991-yil avgustda sovetlar hokimiyati barham topgach, oʻsha yilning 24 sentabrdan Yerevan mustaqil Armanistonning poytaxti boʻldi.

Yerevan — Armanistonning muhim sanoat markazi. Mashinasozlik, kimyo va neft kimyosi, oziq-ovqat, yengil sanoat, mashinasozlik (elektronika sanoati va boshqalar), kimyo va neft kimyosi (plastmassa, kimyoviy tola va reaktivlar, shina va b.) sanoatlari taraqqiy etgan. Sintetik kauchuk kombinati, "Polivinilatsetat", "Plastik", lak-boʻyoq zavodlari, farmatsevtika korxonasi, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Asosiy oziq-ovqat sanoati korxonalari — vino, goʻsht, yogʻ-moy, eksperimental tamaki kombinatlari, konyak, shampan vinolari, konserva zavodlari, yengil sanoat korxonalari — ipak va kamvol kombinatlari, movut, trikotaj, ip, qoʻlqop, tikuvchilik, gilam, koʻn poyabzal fabrikalari, kurilish materiallari korxonalari mavjud. Alyuminiy ishlab chiqariladi. Yerevan — Armanistonning muxim transport tuguni. Tbilisi, Boku va Sevan bilan temir yo'l liniyalari orqali bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari tuguni. 2 aeroport, metropoliten (1981-yildan), telemarkaz (1956-yildan) bor.

Armaniston Fanlar akademiyasi (1943-yildan), 11 oliy oʻquv yurti (Yerevan universiteti, politexnika, tibbiyot, zootexniya-veterinariya institutlari, konservatoriya va b.), "Matenadaran" qad. qoʻlyozmalar instituti, 13 teatr (shu jumladan opera va balet teatri, musiqali komediya teatri, filarmoniya, konservatoriya), 21 muzey (shu jumladan Armaniston tarixi muzeyi, Kartinalar galereyasi, Bolalar kartina galereyasi, Teatr muzeyi), Hukumat uyi (1955) bor.

Adabiyot




Shahar manzaralari




Yerevan



Yerevan qishda






Moskva kinoteatri






Tsitsernakaberd genotsid memoriali






Kentron koʻchasi






Abovyan koʻchasidan koʻchasidan koʻrinish






Mashtot koʻchasi






Gevork Kochar koʻchasi






Hrazdan daryosi






Yerevanning parklari






Eski ovqat bozori






Milliy galereyadagi raqsga tushuvchi fontanlar






Respublika maydonidagi fontanlar






Yerevan opera binosi






Oqqushlar koʻli






Yerevanning tungi koʻrinishi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz