Jeremy Toljan




Jeremy Toljan (talaffuzi: Jeremi Tolyan; 1994-yil 8-avgustda Germaniyaning Shtutgart shahridada tugʻilgan) — nemis futbolchisi, „Borussia“ futbol klubi himoyachisi, „Sassuolo“ futbol klubida ijara asosida oʻynaydi. 2016-yilda Rio de Janeiroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati



Jeremy Toljan „Stuttgarter Kickers“ futbol klubi va „Stuttgart“ futbol klublarining bolalar jamoalarida futbol oʻynay boshlagan. 2011-yilda Jeremy Toljan „Hoffenheim“ futbol klubining futbol akademiyasiga koʻchib oʻtgan. 2013-yil 5-oktabrda Jeremy Toljan Bundesligadagi debyutini „Mainz 05“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan. 2015-yil 17-oktabrda „Wolfsburg“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Jeremy Toljan „Hoffenheim“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.

2017-yilning yozida Jeremy Toljan Dortmundning „Borussia“ jamoasiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. 2018-yilning 27-yanvarida „Freiburg“ futbol klubiga qarshi bahsda Jeremy Toljan „Borussia“ futbol klubi safida ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati



2010-yildan boshlab Jeremy Toljan Germaniyaning turli yoshdagi terma jamoalarida oʻynay boshlagan.

2016-yilda Germaniya Olimpiya terma jamoasi tarkibida Jeremy Toljan Rio de Janeirodagi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻlgan. Turnirda u Meksika, Janubiy Koreya, Fiji, Portugaliya, Nigeriya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2017-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Jeremy Toljan 2017- yilda Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan. Turnirda Toljan Chexiya, Daniya, Italiya, Angliya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz