Jeong Woo-yeong
Jeong Woo-Yeong (talaffuzi: Chon U Yon) (1999-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) — janubiy koreyalik professional futbolchi, Bundesliga klubi SC Freiburg va Janubiy Koreya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
2017-yil 30-iyun kuni Jeong Janubiy Koreyaning „Incheon United“ klubidan „Bavariya“ jamoasiga oʻtgan. Shartnoma 2022-yilning 30-iyuniga qadar tuzilgan. Jeong rasman 2018-yilning 1-yanvarida „Bavariya“ safiga qo‘shildi. Jeong 2018-yilning 27-noyabrida UEFA Chempionlar Ligasida „Bavariya“ safida ilk debyutini o‘tkazgan va „Benfika“ga qarshi o‘yinning 81-daqiqasida Tomas Myuller o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan. 2019-yil 3-mayda u o‘ng qanot himoyachisi sifatida maydonga tusha boshlagan va „Bavariya“ning 23 yoshgacha bo‘lgan jamoasi tarkibida Premer-liga xalqaro kubogi finalida g‘olib chiqgan va faoliyatidagi ilk xalqaro kubogini qo‘lga kiritgan.
2019-yil 19-iyun kuni SC Freiburg Jeong bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. 2019-yilning 10-avgustida u 2019/20 DFB-Pokalda Magdeburgga qarshi o‘yinda „Freiburg“ safida debyut qilgan. Jeong 2019/20 3-mavsumida 15 ta o‘yinda bitta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
2020-yil 12-dekabrda Jeong Bundesligadagi ilk golini 86-daqiqada Arminia Bielefeld darvozasiga kiritgan.
Xalqaro faoliyati
2021-yil 25-mart kuni Janubiy Koreya terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.
2021-yil 16-noyabrda Voo-Yong milliy terma jamoadagi ilk golini 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida Iroqqa qarshi o‘yinda kiritgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
"Bavariya" II "Bavariya" SC Freiburg Janubiy Koreya U14 Janubiy Koreya U17 Janubiy Koreya U23 Manbalar
uz.wikipedia.org