Jeong Cheol




Jeong Cheol (정철; 18-dekabr 1536-yil — 7-fevral 1594-yil) — Choson sulolasi davrida „Songan“ taxallusi bilan ijod qilgan koreys shoiri.

Yolg'iz turna

(1537-1594)

Turna bulut ostidan uchib yurardi,

Nogohon pastladi, yo‘l tutdi yerga.

Ko‘rmoqchi bo‘lgandir birdan ehtimol,

Yer yuzida hayotning kechishin qanday.

Turna bulut ostidan uchib yurardi,

Nogohon pastladi, yo‘l tutdi yerga.

Uni yer yuzida shunday qildilar.

Osmonning yuzini qayta ko‘rmadi.

Koshki qayta chiqarsaydim,

Yerda mahrum bo‘lgan qanotlarimni.

Zangori osmon ichra urildi turna,

Kamondan uchgan yolg‘iz o‘q bilan.

O‘shanda bir bora aniq ko‘rgandim.

Ilgari yashagan ezgu dunyomni.

Kanvon yurtining ey. oddiy xalqi,

Nega yashaysan bahs-u g‘animlik ichra?

Sen uy-joy-u, omoch-u yerga jon bermay.

Erishgandaysan hech bir mehnatsiz.

Daraxt zich o‘rmonda qanday ayovsiz,

Baland bo‘y daraxtlar kesilar beomon.

Vaqti ham keladi, farqlay olmaysan,

Allaqachon eskirgan fikrli boshlar...

Muhtasham podshohlar saroyining,

Ustunlarin qaydan topamiz.

Kimdir kecha aytdi-ku sharob,

Keltirar xushnudlik Son Xondan.

Yalqov ho‘kizni yo‘lga hozirlab,

Do‘stimning uyiga boraman sekin.

Ey, bolakay! Muhtaram Son uydami?

Ayt unga, Chon tashrif buyurdi.

Yeyman tog‘ning achchiq o‘t-oʻlanlarin,

Tansiq go‘shtdan ham u ko‘rinar a‘lo.

Mening qamish kulbam mening boshpanam,

Tuxum ichidaman go‘yo jo‘ja misoli.

Ko‘nglim behuzur, tashvishdaman ko‘p.

Sevgilim uzoqda u ham firoqda.

Daraxt ham kun kelib to‘zib ketadi,

Undan na salqinlik, na soya tushadi.

Daraxt gurkirab turganda inson,

Keladi soyada tin olmoq uchun.

Endi uning shoxlari so‘ldi, barglari xazon,

Hatto unga o‘tirmas birorta ham qush.

Yolg‘iz turna — go‘yoki samoda yashovchilar o‘tirib, ko‘klarga ko‘tariluvchi muqaddas qush; yolg‘izlik va uzoq umr ramzi. Boshqa qushga qo‘shilmaydigan yolg‘iz turna timsolida shoir o‘zini tasvirlamoqda, yerdagi dunyo deganda surgun qilingan, guruhlar o‘rtasida talash bo‘layotgan koreys saroyidagi hayot nazarda tutilmoqda.

Kanvon — 1580-yil Jeong Cheol hokim etib tayinlangan Koreys yarim orolining sharqida joylashgan chekka viloyat.

Oh, qalin o‘rmonda qanday beshafqat... — bu yerda shoir to‘sinlikka yaraydigan baland daraxtlar» deb davlatning ustuni — 1545-yilda surgunlarga uchragan iqtidorli am aldorlam i («Katta hukmdor saroyi») ko‘zda tutgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz