Jens Jønsson
Jens Jønsson (talaffuzi: Jens Jonsson; 1993-yil 10-yanvarda Daniyada tugʻilgan) — daniyalik futbolchi, „AEK Athens“ futbol klubining himoyachisi va yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio de Janeiroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati
Jens Jønsson oʻz shahrining „Aarhus“ futbol klubi bitiruvchisi. 2011-yilda Jens Jønsson asosiy jamoaning tarkibiga kiritilgan. 4-dekabr kuni „Copenhagen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Daniya Superligasida debyut qilgan. 2012-yil 10-dekabrda „Silkeborg“ futbol klubiga qarshi bahsda Jens Jønsson klub safida birinchi golini urgan.
2016-yilning yozida Jens Jønsson Turkiyaning „Konyaspor“ futbol klubiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan. „Antalyaspor“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jens Jønsson Turkiya Superligasida debyut qilgan.
2020-yil 25-avgustda Jens Jønsson Ispaniyaning „Cádiz“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
2015-yilda Daniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Jens Jønsson Chexiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Jens Jønsson Serbiya, Germaniya va Shvetsiyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2016-yilda Jens Jønsson Daniya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio de Janeiroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Turnirda u Iroq, Janubiy Afrika, Braziliya va Nigeriya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2020-yil 3-noyabrda Jens Jønsson Daniyaning asosiy milliy terma jamoasiga ilk bor chaqirilgan.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org