Jens Hegeler




Jens Hegeler (talaffuzi: Yens Xegeler; 1988-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — sobiq germaniyalik professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Faoliyat



Ilk faoliyat davri



Hegeler oʻz faoliyatini 1993-yilda SV Westhoven klubida boshlagan va ikki yildan soʻng SpVgg Porz klubiga oʻtgan. Porzdagi 3 mavsumlik faoliyatidan keyin 1998-yilda 1. FC Köln Porzdan Hegelerni sotib oldi. Kölnning yosh toifadagi jamoasida olti yil davomida oʻynadi. 2004-yilda Germaniya Oberligasi vakili „Yurdumspor Köln“ klubiga koʻchib oʻtdi. Bir yildan soʻng Köln klubini tark etdi va VfL Leverkusenga oʻtdi. 2006-yilning iyun oyida Leverkusenning „Bayer“ klubiga oʻtdi. 2009-yilning 7-yanvarida 2009—2010-yilgi mavsum oxirigacha „Augsburg“ klubiga ijaraga berilgan. 2010-yil iyul oyida esa ikki mavsumga ijara asosida 1. FC Nürnberg klubiga oʻtdi. Hegeler „Nürnberg“ jamoasining asosiy oʻyinchisiga aylandi va har mavsumda 34 oʻyindan maydonga tushdi. Hegeler 2012—2013-yilgi mavsum boshida Leverkusenga qaytdi. 2013-yil 2-oktyabrda Hegeler jamoasi bilan Chempionlar Ligasida doirasida Ispaniya LaLigasi vakli „Real Sosedad“ qarshi oʻyinda ustidan ustun kelishdi.

Hertha BSC



2014-yil 8-may kuni Hegeler Herta BSC bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Bristol City



2017-yil 4-yanvarda Bristol City rahbariyati Hegelerni nomaʼlum toʻlov evaziga 2+1⁄2 yillik shartnoma asosida qoʻshganlarini eʼlon qildi. 2017-yilning 7-yanvarida Angliya kubogi 3-turida „Fleetwood Town“ga qarshi bahsda debyut qildi. 2017-yilning 8-avgustida „Bristol City“ safidagi ilk golini EFL kubogi doirasida„Plymouth Argyle“ga qarshi oʻyinda (5:0) kiritdi. 2018-yil 19-dekabrda Hegeler oʻzaro kelishuv asosida Bristol Citydan ketgani eʼlon qilindi.

Faoliyat statistikasi



Klubda




Terma jamoada




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz