Jenkinson Antoniy
Anthony Jenkinson (talaffuzi: Entoni Jenkinson) (7-1611) - ingliz sayyohi; savdo agenti va diplomat. Yevropa, Osiyo va Afrikaga sayohat qilgan, 1557—72 yillarda Rossiyaga 4 marta kelgan. J. Angliya bilan Rossiya oʻrtasida ittifoq shartnomasi tuzilgudek boʻlsa, inglizlarni savdo-sotiqda monopol huquqqa ega boʻlishiga, Ivan 1 Uning roziligini olishga erishgan (1567—69). Angliya shartnomani imzolashdan voz kechgan, Ivan IV bu imtiyozlarni bekor qilgan (1570). J. 1558—59, 1562—64 yillarda Ivan Grozniyning ruxsati bilan Rossiya orqali Eron va Oʻrta Osiyoga elchilik sayohati qilgan. Uning maqsadi Oʻrta Osiyo orqali Xitoy va Sharqiy Hindistonga olib boradigan savdo yoʻlini ochish boʻlgan, biroq u maqsadiga erisha olmagan. J. elchiligi 21 oy (1558 y. aprel-dan 1559 y. 2 sent.gacha) davom etgan. Unda Richard va Robert Jonsonlar va Aziz ismli tarjimon (tatar) hamrohlik qilgan. J. bu elchilik sayohati haqida "Rossiyadagi Moskov shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahriga sayohat" nomli esdaliklarini yozib qoldirgan. U Xitoyga olib boradigan yoʻllar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplagan. U Saroychiq, Xorazmdagi Vazir va Urganch sh.lari haqida qimmatli maʼlumotlarni keltirgan. J. Amudaryo, Mangʻit ulusi, Xorazm va Buxoro xonligining 16-asr oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Oʻrta Osiyo xalqlarining turmushi, odatlari va b. haqida muhim tarixiy maʼlumotlar yozib qoldirgan.
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org