Jenisbek Piyazov




Jenisbek Burkitovich Piyazov (qoraqalpoqcha: Piyazov Jeńisbek Burkitovich ; 1988-yil 9-mayda Nukus shahrida tugʻilgan) — oʻzbek va qoraqalpoq opera xonandasi (bas), vokalchilar respublika tanlovi, XII “Qozoq romansiadasi” xalqaro tanlovi, XIII Moskva yosh rus romansi ijrochilari xalqaro tanlovi 1-oʻrin laureati. Muslim Magomayev nomidagi xalqaro vokal tanlovining Gran-pri sovrindori (2012). Oʻzbekiston xalq artisti (2021), Oʻzbekistonda Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2014) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2012).

Biografiyasi



Jenisbek Burkitovich Piyazov 1988-yil 9-mayda Nukusda tugʻilgan. 2007-yilda Nukus madaniyat va sanʼat kollejini tamomlagan. Shu yili Jenisbek Piyazov „Yosh opera“ respublika tanlovida birinchi darajali diplom bilan taqdirlanib, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga „qoʻshiqchilik“ mutaxassisligi boʻyicha oʻishga qabul qilinadi. 2007-yilda baland ovozi (bas) va operadagi isteʼdodi tufayli Nihol mukofotiga sazovor boʻlgan. 2009-yilda Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga vokalchi sifatida ishga qabul qilingan. 2010-yilda Jenisbek Piyazov Belorussiyaning Minsk shahrida jahondagi eng iqtidorli yosh vokalchilar qatoridan joy olgan, taniqli opera ustasi D.Vdovin va taniqli dirijyor Y.Bashmet rahbarligida mahorat darslarida tahsil olgan. Respublika sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturida mehmonlar olqishiga sazovor boʻlgani uchun Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi tomonidan „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan. 2011-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasini „Akademik xonanda“ yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 2011—2012-yillarda Germaniyaning Myunxen shahrida boʻlib oʻtgan Gut-Immling xalqaro opera festivaliga taklif etilgan. Hamdoʻstlik solisti Jenisbek Piyazov dunyoning eng mashhur opera xonandalari bilan birga sahnada ajoyib operalarni ijro etadi. Hozirda Jenisbek Burkitovich Piyazov Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi oʻqituvchisi.

Oilasi



Otasi Piyazov Burkit, onasi Saburova Injigul, ukalari Piyazov Akylbek Burkitovich, Piyazov Nurlibek Burkitovich, Piyazov Janibek Burkitovich, singillari Piyazova Baxit Burkitovna, Piyazova Aynura Burkitovna, turmush oʻrtogʻi Xurliman Tleumuratova.

Ijodiy faoliyati



Jenisbek Piyazov 2008—2010-yillarda Rossiya, Ozarbayjon, Belorussiya, Qozogʻiston, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Germaniya, Avstriya, Xitoy, Koreya, Malayziya kabi dunyoning koʻplab mamlakatlarida oʻtkazilgan nufuzli xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etgan.

„Sevilyalik sartarosh“, „Marvarid baliqchilari“, „Don Xuan“, „Yuliy Sezar“, „Yevgeniy Onegin“, „Figaroning uylanishi“, „Maysaraning ishi“ „Husayn Boyqaro“ operalaridan ariya ijro etgan.

Vokal sanʼatini oʻz ona yurtida targʻib etishda hissa qoʻshgani tufayli isteʼdodli xonanda sifatida mashhur boʻladi. Shunigdek, Moskva shahrida yosh ijrochilar ishtirokida oʻtkazilgan XIII „Rus romansi“ xalqaro tanlovida 1-oʻrin, Ostona shahrida oʻtkazilgan Bibigul Tulegenova nomidagi V xalqaro vokalchilar tanlovida, Ozarbayjonning Boku shahrida oʻtjazilgan „Bul-bul“ V xalqaro tanlovida 2-oʻrinni egallagan.

Oʻzining isteʼdodi bilan Oʻzbekiston shon-shuhratini oʻzbek va xalqaro maydonda yoyish yoʻlidagi fidokorona xizmatlari uchun Jenisbek Piyazov 2012-yilda „Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan. Oʻsha yili Rossiyaning Moskva shahrida oʻtkazilgan „Muslim Magomayev“ II xalqaro vokal tanlovining gran-prisini qoʻlga kiritib, jahonga mashhur boʻlgan rossiyalik maestros V.Spivakov va V.Fidoseyevlar bilan uchrashadi. Shu kungacha ularning qoʻshma kontsert dasturlarida ishtirok etib keladi.

2013-yil sentyabr oyidan Jenisbek Piyazov yirik davlat konsert dasturlari va xalqaro „Sharq taronalari“ festivalida muntazam ishtirok etib kelmoqda

2014 yilda Jenisbek Piyazov „Katta Opera“ loyihasida ishtirok etgan.

2018-yilda Aqtoʻbe shahrida Qurmangazi orkestrining gastrol safarida qatnashgan.

2018-yilda Jenisbek Piyazov „Oʻzbekiston“ xalqaro anjumanlar saroyida boʻlib oʻtgan „Open Spring yoki Moviy Bahor“ konsertida Frank Sinatra ijrosidagi „My way“ kompozitsiyasini ijro etgan.

2019-yilda Italiyaning Milan shahridagi jahonga mashhur La Skala teatri sahnasida qoʻshiq kuylagan birinchi oʻzbekistonlik hisoblanadi.

2020-yilda Jenisbek Piyazov „Matbaa va axborotlashtirishni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ mukofoti bilan taqdirlangan.

Ommaviy ijrolari




Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz