Jengis Yermashev




Jengis Maratovich Yermashev (1977-yil 14-noyabr, Chimboy tumani, QQASSR, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbekistonlik, xususan qoraqalpogʻistonlik davlat arbobi, maʼlumoti boʻyicha huquqshunos, adliya katta maslahatchisi. U 2018-yil sentyabr oyidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani hokimi.

Biografiyasi



Jengis Yermashev 1977-yil 14-noyabr sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Millati qoraqalpoq. Maʼlumoti oliy. 2000-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining bakalavr-huquqshunos, 2002-yilda magistr-huqushunos mutaxassisligini tamomlagan.

Mehnat faoliyati



Yermashev 2002-2018 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi tizimidagi turli xil lavozimlarda oʻz mehnat faoliyatini olib borgan.

2017-2018 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ish yuritgan.

2018-yil sentyabr oyidan boshlab Xoʻjayli tumani hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.

Siyosiy faoliyati



Tadbirokorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.

2019-yildan Xalq deputatlari Xoʻjayli tumani Kengashining 28-Qumjiqqin saylov okrugi deputati.

Ilmiy faoliyati



J. M. Yermashev huquqshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

Tadqiqodchi sifatida bir qancha ilmiy izlanishlar ustida faoliyat yuritib, quyidagi ilmiy ishlarga mualliflik qilgan:

Mukofotlari



2017-yilda mamlakatimizda huquq-tartibotni taʼminlashdagi katta xizmatlari va yuksak kasbiy mahoratlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz