Jeneva konvensiyalari




Jeneva konvensiyalari (1949) — urush jabr yetkazganlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyalar, 1949-yil 12-avgustda Jeneva sh.da qabul etilgan bitim. Bu bitimga: 1) harakatdagi armiya hisobidagi yarador va kasallar ahvolini yaxshilash; 2) dengiz qurolli kuchlari tarkibidagi yaradorlar, kasallar va kema xalokatiga uchraganlar ahvolini yaxshilash; 3) harbiy asirlar bilan muomala qilish; 4) urush davrida aholini muhofaza etish toʻgʻrisidagi konvensiyalar kiradi. Konvensiyalar qabul qilingan konferensiya ishida 56 davlat qatnashgan. J.k.ga 1907 va 1929-yillardagi xalqaro konvensiyalar asos boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz