Jeneva Bitimlari
Jeneva bitimlari (1954) - AQSH, Buyuk Britaniya, XXR, Fransiya va sobiq SSSR tashqi ishlar vazirlari kengashida (1954-yil 26 aprel — 21 iyul) qabul qilingan bitimlar (bitimlarni tayyorlashda VDR, Kamboja, Laos va Jan. Vyetnam vakillari ham ishtirok etgan). Fransiyaning 1945-yil sentabrdan boshlangan Vyetnam, Laos va Kambojaga qarshi urushiga nuqta qoʻygan. Koreya masalasi, Hindixitoyda tinchlik oʻrnatish masalalari muhokama etilgan. Bitimlarda Vyetnam, Laos, Kamboja hududidagi chet el harbiy bazalarini tugatish, bu davlatlarning harbiy bloklarga aʼzo boʻlmasliklari koʻrsatib oʻtilgan. Hindixitoyda harbiy harakatlarni toʻxtatish, Laos va Kambojada 1955-yilda, Vyetnamda 1956-yilda umumiy erkin saylov oʻtkazilishi taʼkidlangan. Hindixitoy davlatlarining hududiy daxlsizligi va mustaqilligini hurmat qilish, ichki ishlariga aralashmaslik qayd etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org