Jemma Firsova




Jemma Sergeyevna Firsova (1935-yil 27-dekabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2012-yil 8-may, Moskva, Rossiya) – sovet va rus kino aktrisasi, kinorejissyor, jamoat arbobi. SSSR Davlat (1973) va Lenin mukofoti laureati (1980).

Hayoti



Jemma Sergeyevna Firsova 1935-yil 27-dekabrda Oʻzbekiston SSRning Samarqand shahrida harbiy oilada tugʻilgan. Ulug' Vatan urushi yillarida otasi harbiy muhandis boʻlganligi uchun xizmat sababli qizini frontga olib ketgan, onasi esa shtabda ishlagan. Jemma maktabda asosan tarixga qiziqqan. U S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissyorlik boʻlimiga oʻqishga kirdi. Aleksandr Dovjenko, Sergey Gerasimov va Mixail Romm kurslarida tahsil oldi. 1966-yilda Butunrossiya davlat kinematografiya institutini tamomlagan. U operator Vladislav Mikosha bilan oila qurgan.

U hujjatli filmlarda rol oʻynagan, asosan harbiy mavzularni ishlab chiqqan. Uning filmlari mahalliy va xalqaro kinofestivallarda sovrin va mukofotlarga sazovor boʻlgan.

1966-yilda u Vasiliy Aksenovning hikoyasi asosida oʻzining yagona „Oyga yarim yoʻl“ badiiy filmini suratga oldi.

Kino tanqidchi Vladimir Dmitriyevning soʻzlariga koʻra, Jemma Firsovaga asosan gʻayrioddiy, filmlarda oʻziga xos gʻalati hayot kechiradigan ayollar, jodugarlar rollarini oʻynash taklif qilingan.

Jemma Firsova, k 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida u SSSR Davlat kino qoʻmitasida harbiy-vatanparvarlik badiiy filmlari guruhlarida bosh muharrir boʻlib ishlagan. Butunittifoq ayollar hokkey federatsiyasi prezidenti boʻlgan. 1980-yillarning oxiri 1990-yillarning boshlarida Rossiya muzeylarini saqlash va rivojlantirish dasturlari ekspert koordinatori (Arxangelskoye, Abramtsevo, Sankt-Peterburgdagi Pushkin majmuasi: Muzey-litsey, Moikadagi Pushkin uy-muzeyi, Sovremennik muzeyi va boshqalar) boʻlgan.

Chernobil AESdagi avariyadan soʻng u Chernobil ittifoqi tashkilotini yaratishda ishtirok etdi. Keyinchalik u Chernobil avariyasining bevosita sabablari boʻyicha bir nechta mustaqil ekspert guruhlaridan biriga rahbar etib tayinlandi. Atrof-muhit muammolari, sanʼat, musiqa tanqidchisi, jurnalistboʻlgan. Jemma Firsova „Oltin qalam“ sovrindori, „ Ogonyok“ jurnali mukofoti va xalqaro mukofotlar bilan taqdirlangan. „Ikkinchi haqiqat“ va „Qaytish orzulari“ sheʼriy toʻplamlari muallifi.

Jemma Firsova 2012-yil 8-mayda Moskvada vafot etdi. U Moskvadagi Ximki qabristoniga dafn qilindi.

Oilasi



Turmush oʻrtogʻi kinooperator Vladislav Mikosha. Farzandlari yoʻq.

Filmografiyasi



Badiiy filmlar




Manbalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz