Jemil Velilya oʻgʻli Kenje




Jemil Velilya oʻgʻli Kenje (1896-yil, Andreevskaya volosti, Tavrid viloyati – 1945-yil, Pskent, Toshkent viloyati; qrim tatarcha: Cemil Velilâ oğlu Kence, Джемиль Велиля огълу Кендже) – sovet qrim-tatar shoiri, folklorshunos va tilshunos.

Hayoti



Jemil Kenje Ableshe qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda oʻqib, soʻngra Koʻpirlikoy qishlogʻida oʻqishni davom ettirgan. Jemil sheʼr yozishni maktab yillarida boshlagan. Tav-Dairdagi madrasada tahsil olib, Qrim-tatar pedagogika kollejiga oʻqishga kirgan. 1934-yilda Simferopoldagi Qrim pedagogika institutini tamomlagan.
Jemil oʻqituvchilik faoliyati bilan ham shugʻullangan. Moskvada qrim-tatar tili boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan. (1927, 1929, 1934).
Shuningdek, Jemil bolalar uchun folklor kitoblarini nashrga tayyorlagan. Ijod ishlari 1930-yillarda „Yosh leninjiler“ jurnalida chop etilgan. „Bala shiirleri“ („Bolalar sheʼrlari“, 1927; 1995) toʻplamining, duradgorlik va dehqonchilik qurollari haqidagi sheʼrlar muallifi. Oʻlimidan soʻng „Yulduz jurnali“da „Turnalar koʻchalar…“ („Turnalar uchib ketadi…“; 1981) va „Chochami toʻrgʻay“ („Chumchuq“; 1993) sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. 1925-yilda uning arab alifbosida yozgan sheʼrlari „Oʻquv ishlari“ („Maʼrifat masalalari“) jurnalida chop etiladi.
Jemil oilasi bilan birga 1944-yilda Qrimdan Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan va oradan bir yil oʻtib vafot etgan.
2020-yilda „Bala shiirleri“ toʻplami rassom Usmon Islyamovning rasmlari bilan qayta nashr etiladi.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz