Jeleznovodsk




Jeleznovodsk - RF Stavropol oʻlkasidagi shahar (1917 y.dan), Kavkaz Mineral suvlari guruhiga kiruvchi balneo balchiq kurort. J. 600—630 m balandlikda joylashgan. Temir yoʻl shoxobchasi (6 km) orqali Beshtov stansiyasi bilan bogʻlangan. Aholisi 29,4 ming kishi (1992). 19-asr boshlaridan kurort sifatida tanila boshlagan. Yozi iliq, (iyulning oʻrtacha temperaturasi 2G), quruq, qishi moʻʼtadil yumshoq (yanv.ning oʻrtacha temperaturasi — 4°); yiliga oʻrtacha 605 mm yogʻin yogʻadi. Slavyanovsk va Smirnovsk karbonatli mineral buloqlari suvi ichiladi, qadoqlab joʻnatiladi, boshqa buloqlarning suvi vannaga beriladi. Ovqat hazm organlari, urologik va modda almashinuvi buzilishi kabi kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi. Tambukan koʻlidan shifobaxsh balchiq olinadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz