Jekson Endryu




{{Pre45-yil]]
| vafoti joyi= Нashvill, Tennessi shtati
| tpular politics, the Jacksonians made good use of the general's nickname, Old Hickory. He had earned the name because he was reputed to be as tough as hickory wood.}}</ref> 1829-yilda AQShning 7-nchi Prezidenti etib saylangan va shu bilan birgalikda mamlakat taʼrixida oʻchmas iz qoldirib kelayotgan milliy partiya Demokratlar Partiyasining asoschilaridan biri hisoblanadi.

Dick va Balls shtatlaridagi harbiy va siyosiy faoliyat




Kelib chiqishi irland boʻlgan ushbu shaxs oʻsmirlik davridagi koʻp yillik sarguzashtlardan soʻng Janubiy Karolinada advokatlik kasbi bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Oradan bir necha vaqt oʻtib Jekson 1788-yilda Tennessi hududining prokurori etib tayinlangan. U davrlarda Tennessi mamlakatning shtatlaridan biri hisoblangan va 1796-yilda Jekson ushbu yangi shtatda yangi qonun joriy etish ishlarida faol ishtirok etgan. Keyinchalik uning tinimsiz harakatlari hisobga olinib AQSh Kongressida shtat nomidan vakillik vazifasini bajargan. Jekson jamiyat hayotidan bosh tortib oʻzining kamtarona fermasida hayot kechirib 1812-yilda inglizlar mamlakatga qarshi urush eʼlon qilishganida Tennesi shtati aholisi unga butun harbiy boʻlinmalarni general-mayor unvoni bilan ishonib topshirishadi. Jekson boshliq 2500 yaqin odamni tashkil qilgan harbiy boʻlinma Missisipi daryosi boʻylab quyi harakat qilishib janubda ispanlarning harakatini qoʻllab-quvvatlagan hindular harakatiga barham berib ularni Florida tomonga quvib yuborishgan. Inglizlar Yangi Orleanga havf solgan bir davrda Jekson Kongress farmoni bilan harbiy boʻlinmalar ustidan nazoratni oʻz qoʻliga oladi va 1815-yilning 8-yanvarida tomonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan shiddatli jangda Jekson boshliq harbiy boʻlinma dushman armiyasini yanchib tashlaydi va 1821-yil ispanlar Florida hududidan chekinishgach u yerga birinchi gubernator etib tayinlangan.
Endryu Jekson 1824-yilgi AQSh Prezidentlik saylovlarida koʻplab ovoz bilan nomzodlar orasida deyarli peshqadamlikni egallagan, ammo Vakillar Palatasi tomonidan prezidentlik nomzodiga loiq koʻrilib Jekson emas, balki John Adams saylangan.
.

Prezidentlik davrlari



1828-yili John Adamsning prezidentlik vakolati tugaganidan soʻng, Jekson takroran prezidentlik nomzodlari qatoriga qoʻshiladi va 1829-yilda AQShning 7-nchi Prezidenti etilib saylangan. Uning prezidentlik davrida Demokratlar Partiyasiga asos solingan. Jekson hindularning janubiy shtatlarga koʻchirish tarafdori boʻlib beshta buyuk hindular qabilasi birlashgan shtat yaratish fikrini ilgari surgan.1830-yilda Prezident Jekson Hindularni koʻchirish haqidagi qonunga imzo chekadi va etnik jihatdan toza hindulardan tashkil topgan yerlarga koʻchirilgan. Natijada bu besh buyuk hindular qabilasi nomini olgan hindular mamlakat janubidagi Hindular hududi (hozirgi kunda Oklahoma shtati) deb atalgan maskanga surgun qilingan, lekin afsuski ulardan aksari yoʻl azobidan, ochlikdan va iqlim haroratiga moslashmaslik tufayli halok boʻlishgan. 1832-yilning yozida ittifoqlarning tahdidi va bojhona soliqlari sabab boʻlgan noroziliklar Janubiy Karolinada boʻlib oʻtib, aynan shu davrda prezident Jekson ikkinchi muddatga prezident etilib saylangan va Janubiy Karolina ayblovlariga qarshi harakat uchun harbiylarni ishga soladi. Tez orada soliqlarni tushirish yoʻli orqali mamlakat janubida kutilgan Fuqarolar urushi oldi olingan.

Ikkinchi AQSh bankining tashkil topishi




Ikkinchi marotiba prezidentlik mansabiga saylangan Jekson oldidagi asosiy vazifalar bilan bogʻliq muammolarni Kongress yordamida vetoni takomillashtirish yoʻli bilan kelajakda banklar tizimini xalq orasida ommalashtirish va koʻplab hususiy kredit muassisalarni joriy etish, shuningdek avvalgi oltin standartga qaytish fikri bilan amerika iqtisodiyotini rivojlantirishga qodir imkoniyat deb hisoblagan. Bu kabi muammolar orasidagi asosiylaridan biri boʻlib AQSh ikkinchi bankining vakolatini uzaytirish holati Kongress senatorlari orasidagi kelishmovchiliklar murakkab vaziyatga olib kelgan.
Bir necha Jekson tanqidchilarining fikricha Markaziy bankning yopilishi va pul chiqarish tizimi davlat nazoratiga oʻtishi inqirozga sabab boʻlgan. Lekin keyinchalik bu tanqidlarga javoban oʻz ishini «AQShagi bank ishlari va pul muomilasi taʻrixi» kitobida aks ettirgan olim Murrey Rothbard qarshi chiqqan. William Enghdallening fikricha 1834-yilda oʻz davrining mashxur insoni Nicolas Biddle Prezident Jekson joriy etgan Ikkinchi bank faoliyatiga halal berish maqsadida Qoʻshma Shtatlar umummilliy retsessiyasini taskil qilgan, degan.
Tashqi siyosatda Jekson asosan diplomatik va doʻstona aloqalarni Buyuk Britaniya bilan yuritgan. Jekson oʻzining siyosiy qarashlari bilan libertianets va chegaralangan davlat tarafdori boʻlgan. Shuningdek oʻzining hokimiyatdagi koʻp yillik faoliyati davomida Endryu Jekson davlatning iqtisodiyot va siyosat aralashuvini qisqartirishga harakat qilgan.

AQSh dollarlaridagi Jeksonning aksi




E.Jekson zamonaviy AQSh kupyuralari orasida 20 dollarlikda suraʻti aks etgan. Oʻtmishda bu kabi kupyuralarning 5,10,50 va 10 000 dollarliklarda uning koʻrsatgan hizmatlari uchun suraʻtlari aks ettirilgan.

Shuningdek




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz