Jekatierina Kurakowa




Jekatierina Kurakowa (talaffuzi: Yekatierina Kurakova; 2002-yil 24-iyun, Moskva) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi polshalik figurali uchuvchi. „Challanger“ seriyasining Warsaw Cup 2019 turniri gʻolibi. Toʻrt karra Polsha chempioni (2019—2022).

Jekatierina Kurakowa 2022-yil 23-oktyabr holatiga koʻra, Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida 11-oʻrinni egallagan.

Faoliyati



Jekatierina Kurakowa 2002-yil 24-iyunda Moskvada tugʻilgan. 2018-yilda kanadalik mutaxassis murabbiy Bryan Orser guruhiga oʻtishi bilan Torontoga koʻchib oʻtgan.

Jekatierina Kurakowa figurali uchishni toʻrt yoshida boshlagan. Uzoq vaqt davomida u „Moskvich“ maktabida taʼlim olgan. Natalya Dubinskaya murabbiyligida barcha qiyin elementlarni oʻrgandi. Jekatierina 2017-yilda S. A. Juk nominagi „TsSKA SShOR“ jamoasiga oʻtgan. Bu jamoada unga Inna Goncharenko murabbiylik qildi. Xuddi shu yili u Polsha vakili sifatida musobaqalarda qatnashish istagini bildirgan holda sport fuqaroligini oʻzgartirish tartibini boshladi.

Jekatierina Kurakowaga 2018-yilda Polshada Silviya Novak-Trebaska murabbiylik qila boshladi. 2018-yil oktyabr oyida „Toronto Cricket Club“ jamoasida Bryan Orser murabbiyligida mashq qilish uchun Kanadaga yoʻl oldi.

Jekaterina dekabr oyi oʻrtalarida Budapeshtda boʻlib oʻtgan toʻrtta davlat chempionatida gʻolib chiqdi va shu tariqa Polsha chempioniga aylandi. Fevral oyida u oʻsmirlar oʻrtasidagi Polsha chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Kurakowa 2019-yil iyuniga qadar sport fuqaroligi oʻzgarganligi sababli Xalqaro konkida uchish ittifoqi homiyligida oʻtkaziladigan musobaqalarda qatnasha olmadi.

Natijalari



Polsha vakili sifatida




Rossiya vakili sifatida




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz