Jek London
Jack London (talaffuzi: Jek London) (toʻliq ismi
John Griffith „Jack“ London , tavallud topganidagi ismi
John Griffith Chaney ) (12-yanvar, 1876 — 22-noyabr, 1916) — amerika yozuvchisi va jurnalisti. London asarlari boshqa tillarga eng koʻp tarjima qilingan Amerikalik yozuvchilardar biridir.. Bundan tashqaari u keyinchalik
ilmiy fantastika nomi bilan mashhur janrning asoschisi ham hisoblanadi. London San Franciscoda „
The Crowd “ nomli adabiy guruhning aʼzosi va sotsializm, ishchilar va hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi kuchli advokat edi. London „
Temir tovon “(The Iron Heel), „
The people of the Abyss “, „
War of the Classes “ va „
Before Adam “ kabi bu mavzularga tegishli bir qancha asarlar yozgan. Jack Londonnning eng mashhur asarlari „Oq soʻyloq“ (inglizcha: White Fang) (1906) romani va „Yovvoyilik chaqirigʻi“ (inglizcha: The Call of the Wild) (1903) novellasidir. Oʻzbek kitobxonlariga London oʻzining „Martin Eden“ (talaffuzi: Martin Iden) (1908—1909) romani bilan yaxshi tanish. Jack Lonndon oʻz asarlarida romantizm va oddiy hayot qiyinchiliklari haqida yozgan. London birgina asar yozish bilan butun dunyoda shuhrat qozongan va katta mablagʻ ishlagan birinchi yozuvchilardandir.
Oilasi
Jack London 12-yanvar, 1876-yilda tugʻilgan. Uning onasi Flora Wellman Pennsylvania kanali quruvchisi Marshall Wellman va uning birinchi rafiqasi Eleanor Garrett Jonesning kenja beshinchi farzandi edi. Flora otasi uning onasining oʻlimidan soʻng boshqa turmush qurgan vaqtda Ohioni tashlab ketadi. Flora San Franciscoda musiqa oʻqituvchisi sifatida ishlagan. Biograf
Clarice Stasz va boshqalar Londonning otasi munajjim Wiliam Chaney ekanligiga ishonishadi. Flora Wellman homilador boʻlgan vaqtida San Franciscoda Chaney bilan yashayotgan edi. Stasz Chaney Londonning onasi Flora uning xotini ekanini aytganligini va bir reklamada Flora oʻzini Flora Wellman Chaney deb ataganini taʼkidlab oʻtadi
. Flora Wellmanga koʻra 1875-yil, 4-iyunda San Francisco Chronicle gazetasida chop etilishicha Chaney Floradan abort qilishini talab qiladi. Flora buni rad etgach Chaney bolaga boʻlgan javobgarlikdan voz kechadi. Chaqaloqni dunyoga keltirgandan soʻng Flora uni qoʻshnisi avvallari qul boʻlgan Afrikalik Amerika fuqarosi Virginia (Jennie)
Prentissga enagalik qilishi uchun joʻnatadi. Prentiss Londonning hayotida muhim ona timsoli boʻlgan va keyinchalik London uni oʻzining asosiy sevgi va mehr-muhabbat manbayi sifatida taʼriflaydi. 1876-yilda Flora Wellman Fuqarolik urushi faxriysi John Londonga turmushga chiqadi va John uning oʻgʻli Jackni oʻzlari bilan birga yashashi uchun olib keltiradi. Ularning oilasi Oaklandga joylashishidan avval San Francisco boʻylab koʻchib yuradi. Prentisslar oilasi ham Londonlar bilan birga koʻchishadi.
Hayoti
London yoshligida juda koʻp kasblar bilan shugʻullangan. 1893-yilda ilk bor u Yaponiya sohillariga dengiz safariga oddiy matros boʻlib borgan. 1894-yilda ishsizlarning Vashingtonga koʻchishida qatnashgan, daydilarcha hayot tarzi uchun qamoqqa olingan, siyosiy harakatlarga qoʻshilgan. 1895-yilda AQSh ishchi partiyasi, 1901-yil sotsalistik partiyaga aʼzo boʻlgan. Keyinroq Kaliforniya universitetiga oʻqishga kiradi va koʻp oʻtmay oʻqishni tashlab ketadi.
Ijodi
Jack Londonning adabiy faoliyati 1893-yildan boshlangan. Yozuvchining koʻpgina hikoya toʻplamlari, qator qissa va romanlari shimol mavzuida yozilgan („Boʻri bolasi“, 1900; „Izgʻirin bolalari“, 1902 va boshqalar). „Qor qizi“ (1902), „Hayot uchquni“ (1907), „Shimoliy Odisseya“ (1910), „Insonga ishonch“ (1914), „Qadim dengizchilardek“ (1917), „Chandiqli odam“ (1900), „Oltin dara“ (1905) va boshqa sarguzasht asarlar muallifi. „Olis oʻlkada“ (1899), „Ayol mardligi“ (1900), „Gulxan yoqish“ (1910), „Qish haqida qissa“ (1904) asarlarida tabiat bilan uygʻunlashib ketgan mehnatsevar indeyslarning oʻziga xos hayotini tasvirlagan. „Yovvoyilik chaqirigʻi“ (1903), „Oq soʻyloq“ (1906) asarlari hayvonot olami haqida. „Dengiz boʻrisi“ (1904) „Martin Eden“ (1909), „Uch qalb“ (1920) romanlari mashhur.
Londonning ijodida Gerbert Spenser, Fridrix Nitsshe falsafiy taʼlimotlarining taʼsiri seziladi. „Martin Eden“ roman-biografiyasida bosh qahramonning paymonasi toʻlgan chogʻda ham „yashashga ishtiyoqi“ni aks ettirgan. Uning individualizm taʼsirida yozilgan mazkur romanida gʻarbcha „barkamol inson“, yaʼni „superman“ nazariyasi ham ilgari surilgan.
London 16 yillik ijodiy faoliyati mobaynida 19 roman, 18 toʻplam (152 hikoya), 3 pyesa, 8 avtobiografik va publitsistik harakterdagi kitob yaratgan. „Hayotga muhabbat“ (1961), „Qish haqida“ (1962), „Martin Eden“ (1968) va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org