Jek Lindsey




Jek Lindsey (Jack Lindsay) (1900.20.10, Melburn, Avstraliya — 1990.10.3, Cambridge, Birlashgan Qirollik) — ingliz yozuvchisi, tanqidchi. Ijodi 30-yillardan boshlangan. "1649. Bir yilning tarixi" (1938), "Biz kaytamiz" (1942), "Qirq sakkizinchi yil odamlari" (1948), "Smitfilddagi gulxanlar" (1950) va boshqa tarixiy romanlar muallifi. L. hujjatli voqealarni rivoyat va afsonaviy mav-zular bilan omixtalashtirgan. "Britaniya yoʻli" epopeyasidan oʻrin olgan "Sotilgan bahor" (1953), "Sening uying" (1957), "Niqob va qiyofalar" (1963) romanlarida Ikkinchi jahon urushidan ke-yingi Britaniyadagi turli aholi qatlamlarining hayoti aks ettirilgan. Hayotdagi qarama-qarshiliklar, tinchlik va urush masalasi, axloqiy munosabatlar yozuvchining asosiy mavzui boʻlgan. L. olim sifatida adabiyotning hayotdagi oʻrniga yuksak baho bergan. Oʻz salaflari — ijodkorlar merosini kengtadqiq etishga intilgan. Ch. Dikkens, J. Benyan, J. Meredit haqida kitoblar yozgan. Tarix ("Vizantiya va Yevropa", 1950; "UotTayler", 1964), sanʼatshunoslikka oid ("Jekson Terner", 1966; "Pol Sezann", 1969; "Gyustav Kurbe", 1973) asar va monografiyalar, madaniyat tarixiga bagishlangan ("Kleopatra", 1971) kitobi bor. Asarlari jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz